MANCHESTER

MANCHESTER — Buyuk Britaniyaning gʻarbiy qismidagi shahar. Katta Manchester ko-nurbatsiyasining bosh shaxri va metropoliten grafligining maʼmuriy markazi. Aholisi 430 ming kishidan ziyod (shahar atrofi bilan 2,6 mln. kishi). Transport yoʻllari tuguni. Eruell daryosi va Manchester kanalidagi yirik port (yillik yuk ortib-tushirish 10 mln. t dan ortiq). Mamlakatning mu-him sanoat va madaniy markazi. Sano-atining yetakchi tarmogʻi — mashinasozlik (jumladan, elektrotexnika). Kimyo (boʻyoqlar i. ch.), toʻqimachilik, tikuvchilik, qogʻoz, poligrafiya, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Viktoriya unti (1903), shahar muzeyi, badiiy galereya, Fri-Treydxoll konsert zali bor. Shaharga 10-a. da rimliklar qishlogʻi oʻrnida asos solingan. Oʻrta asrlarda savdo va hunarmandchilik shaxri boʻlgan. 19-a. da Manchester ip gazlama sanoatining dunyoda yirik markaziga aylandi. Meʼmoriy yodgorliklardan gotika so-bori (15—16-a. lar) ratusha, birja binosi (19-a.) saqlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x