PERM

PERM (1940—57 y. larda — Molotov) — RF Perm viloyatidagi shahar (1781-y. dan), viloyat markazi. Kama soxilidagi port. Transport yoʻllari (t. y., dare, avtomobil va havo transporti) tuguni. Aholisi 1021,7 ming kishi (1998). Mashinasozlik (aviadvigatellar, turli sanoat uskunalari, avto-kranlar va b., mudofaa mahsulotlari i. ch.), kimyo, neft kimyosi, neftni qayta ishlash, yogʻochsozlik, poligrafiya sanoatlari bor. Kama GES mavjud. Rossiya FAning Perm ilmiy markazi, 7 oliy oʻquv yurti (shu jumladan, un-t), 4 teatr (shu jumladan, opera va balet teatri), xoreografiya bilim yurti, ba-diiy galereya, viloyat oʻlkashunoslik muzeyi, Kama suv ombori sohilidagi Xoxlovka yogʻoch meʼmorligi muzeyi fa-oliyat koʻrsatadi. Perm 17-a. danmaʼlum. 1723-y. dan mis eritish z-diga qarashli sha-harcha. 1781-y. dan Perm noibligi markazi, 1796-y. dan Perm gubernyasi markazi. 1781—98 va 1807—31 y. larda bu yerda Ural konchilik z-dlarining Bosh boshqarmasi joylashgan. Permda meʼmoriy yodgorliklardan Petropavlovsk sobori (1757—64), Spas— Preobrajeniye monastirining sobori (1798 — 1832) va b. saqlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x