TOʻSUNSOY SUV OMBORI

TOʻSUNSOY SUV OMBORISamarqand viloyatidagi suv ombori. Nurota toglarining jan. yon bagʻirlaridan boshlanib, bir necha soylarning suvlaridan hosil boʻladigan Toʻsunsoy daryosining yuqori oqimida (Qaraqchitov togʻlari jan. da) barpo etilgan. Daryo suvini mavsumiy tartibga soladi. 1989-y. da qurilib ishga tushirilgan. Toʻliq hajmi 52,1 mln. m/ toʻgʻon bal. 40,6 m, maksimal suv oʻtkazish qobiliyati 40m3/s. Ombor suvi Sagʻanoqsoy orqali Okdaryoga quyiladi. Ishtixon, Kattaqoʻrgʻon tumanlaridagi ekin maydonlari sugʻoriladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x