ERENJENOV Konstantin Erenjenovich

ERENJENOV Konstantin Erenjenovich (1912.12.5, BagaChonos aymogʻi, Qalmoq Respublikasi — 1991, ?) — qalmoq yozuvchisi. Qalmoq xalq shoiri (1972). Saratov untida oʻqigan (1930 — 33). «Choʻpon qoʻshigʻi» qissasi (1931), «Choʻl uchquni» (1935), «Doimiy quvonch» (1959), «Toʻrgʻay» (1966) doston va sheʼrlar toʻplamlarini yozgan. «Hayotga yoʻl», «Dub trubkasi» (1961) hikoya va ocherklar toʻplamlari va 2 kitobdan iborat «Oʻtni saqla» romani (1963— 65)da qalmoq xalqi hayoti aks etgan. A. S. Pushkin va boshqalar chet el shoirlarining bir qancha asarlarini qalmoq tiliga tarjima qilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x