RAMZ BOBOJON

RAMZ BOBOJON (taxallusi; asl ism-sharifi Bobojonov Ramz, 1921. 2.12, Toshkent) — shoir va dramaturg. Oʻzbekiston xalq shoiri (1981). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1971). Toshkent pedagogika in-ti (1944) va shu int aspiranturasi (1955)ni tugatgan. «Lenin uchquni» (hoz. «Tong yulduzi») gaz. da boʻlim mudiri, muharrir, Yozuvchilar uyushmasida maslahatchi (194959), Yozuvchilar uyushmasi pravleniyesi kotibi (1960—63; 1968—80), Badiiy adabiyot nashriyoti direktori (1963 — 67), Oʻzbekiston «Vatan» jamiyati pravleniyesi raisi (1981—86) lavozimlarida xizmat qilgan.

Ijodi 1936-y. dan boshlangan. «Sheʼrlar» (1939), «Hadya» (1940), «Oltin kamalak», «Vodiyni kezganda» (1949), «Tanlangan asarlar» (1958), «Sevgi sirlari» (1963), «Sheʼrlar» (1965), «Senga, sevgilim» (1969), «Muxabbatga taʼzim» (1980), «Sening mehring» (1997), «Surayyo yulduzidan shuʼlalar» (2001) sheʼriy kitoblar muallifi.

Ramz Bobojon doston janrida ham ijod etib, «Qadrdon doʻstlar» (1948), «Birinchi parvoz» (1955), «Bobom bilan suhbat» (1967), «Obi hayot» (1969), «Hindiston onasi» (1972), «Bahs» (1973) singari liroepik asarlar yaratgan.

«Togʻa-jiyanlar» (1961), «Insu jins yoki Tirik murdalar» (1972), «Zuhraning maktublari» (1975) komediyalari, shuningdek, «Yusuf va Zulayho» musiqali dramasi (1981) respublika teatrlari sahnalarida qoʻyilgan. «Zuhraning maktublari» komediyasi «Loʻlini aldab boʻlmaydi» nomi bilan Moskvadagi «Romen» teatrida sahnalashtirilgan. «Yusuf va Zulayho» musiqali dramasi asosida esa 5 seriyali televizion film yaratilgan.

Ramz Bobojon Ibsen («Arvoxlar»), A. T. TvardovskiyVasiliy Tyorkin»), M. I. Aliger («Zoya»), Nabi Hizriy («Sevgim, sevgilim») va b. adiblarning asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan. «Elyurt hurmati» ordeni bilan mukofotlangan (2003).

As: Saylanma [3 j. li], 1—3j. lar, T., 1983-1985.

Ad.: Nosirov E., Ramz Bobojon, T., 1974.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x