YOPIQ URUGʻLILAR

YOPIQ URUGʻLILAR (Angiospermae) gulli oʻsimliklar — yuksak oʻsimliklar boʻlimi (tipi). Urugchisining boʻlishi, qoʻsh urugʻlanishi Yopiq urugʻlilarning oʻziga xos belgisidir. Urugʻchisi gulning markazida joylashib, tuguncha, ustuncha va tumshuqchadan iborat. Urugʻchi tugunchasidagi kovakda urugʻkurtak rivojlanadi. Urugʻlangan tuguncha mevaga aylanib, uning ichidagi urugʻkurtakdan bitta yoki bir nechta urugʻ hosil boʻladi (nomi ham shundan kelib chiqqan). 200 mingga yaqin … Читать далее

YEVROPA XAVFSIZLIK VA HAMKORLIK TASHKILOTI

YEVROPA XAVFSIZLIK VA HAMKORLIK TASHKILOTI (YEXHT) – davlatlar oʻrtasida xavfsizlik va hamkorlikni taʼminlashga qaratilgan harakatlarni muvofiqlashtiruvchi va ularning rivojlanish tamoyillarini belgilab beruvchi, shuningdek, ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni demokratlashtirishga koʻmaklashuvchi xalqaro tashkilot. Dastlab umum Yevropa kengashi (AQSH va Kanada ishtirokida) sifatida faoliyat koʻrsatib Yevropada xavfsizlik va hamkorlik boʻyicha kengash nomi bilan atalgan (1973—91). 1973-y. 3—7-iyulda Xelsinki sh. da … Читать далее

YULIY DAVRI

YULIY DAVRI — astronomiya va xronologiya hisoblarida birlik sifatida ishlatiladigan vaqt oraligʻi. Davomiyligi 7980-yilga teng. Yuliy davri 3 ta siklning eng kichik umumiy karrasi: hafta qunlarini oyning bir xil kunlariga toʻgʻri keltiruvchi 28 yillik quyosh davri, Oy fazalarini bir xil qunlarga keltiruvchi 19 yillik Meton davri va qadimiy Rimda favqulodda soliq yigʻish (15 yillik) davrlarining … Читать далее

YOGʻLARNI GIDROGENLASH

YOGʻLARNI GIDROGENLASH — glitse rin va toʻyinmagan yogʻ kislotalarning murakkab efirlariga kataliz yoʻli bilan vodorod biriktirish. Yogʻlarni gidrogenlash usulini rus olimlari Norman va S. A. Fokinlar 1902—1903-y. larda taklif etishgan. Birinchi marta 1908-y. da Rossiyada sanoatda qoʻllanilgan. Qotirilgan yogʻlar (salomas) olish uchun dengiz hayvonlari va baliklarning suyuq yogʻlari va oʻsimlik moylari gidrogenlanadi, soʻngra ular fizikkimyoviy … Читать далее

VUD QOTISHMASI

VUD QOTISHMASI — oson eriydigan qotishma (erish t-rasi t3=68°). Tapkibi 50% vismut (Bi), 25% qoʻrgʻoshin (Pb), 12,5% pyx (Sn), 12,5% kadmiy (Cd) dan iborat. Ingliz muhandisi J. Vud 1860-y. da taklif qilgan. Quyma modellar tayyorlashda, yongʻinga qarshi qurilmalar va signal apparatlarda, metallografik shliflar quyish va b. da ishlatiladi. Пост Навигацияси

VONSOVSKIY Sergey Vasilyevich

VONSOVSKIY Sergey Vasilyevich (1910.20. 8, Toshkent) — fizik olim, akad. (1966). Ilmiy ishlari metallar hamda yarimoʻtkazgichlarning magnit va elektr xossalarini, ferromagnetizmni oʻrganishga, oʻtish metallari va qotishmalar uchun oʻta oʻtkazuvchanlik nazariyasini yaratishga bagʻishlangan. Vonsovskiy ferromagnitlar qutb modellarini taklif qilgan va bu modellar asosida Kyuri nuqtasi yaqinidagi ferromagnitlarning umumiy nazariyasini ishlab chiqqan (k,. Antiferromagnetizm). Пост Навигацияси

VERTOLYOT

VERTOLYOT — tikka koʻtariladigan va qoʻnadigan havodan ogʻir uchish apparati; unda koʻtarish kuchini bitta yoki bir nechta (koʻpincha, ikkita) eltuvchi vint vujudga keltiradi. Vertolyot turgan joyidan koʻtariladi, tikkasiga pastlab qoʻnadi, osmonda bir joyda muallaq turishi, vertikal oʻq atrofida istalgan tomonga burilishi, xohlagan yoʻnalishda toʻgʻri uchishi mumkin. Vertolyotni ninachiga qiyosan yasashga koʻp urinishlar boʻlgan. Dastlabki urinish … Читать далее

VASHINGTON KONFERENSIYASI

VASHINGTON KONFERENSIYASI (1921.12.11-1922.6.2) – AQSH, Buyuk Britaniya, Xitoy, Yaponiya, Fransiya, Italiya, Niderlandiya, Belgiya va Portugaliya ishtirokidagi konferensiya; 1-jahon urushidan keyin Tinch okeani havzasida vujudga kelgan davlatlar kuchlari nisbatini qayd etdi. Bu nisbat AQSH uchun qulay boʻlgan edi. Vashington konferensiyasining eng muhim qarorlari: Toʻrt davlat shartnomasi, Besh davlat shartnomasi, Toʻqqiz davlat shartnomasi. Sovet Rossiyasi konferensiyaga taklif … Читать далее

BIOGENETIK QONUN

BIOGENETIK QONUN — organizmlarning individual taraqqiyoti (ontogenezi) va tarixiy taraqqiyoti (filogenezi) oʻrtasidagi munosabatlarni ifodalovchi tushunchalar majmui. Birinchi marta F. Myuller (1864) ochgan, E. Gekkel (1866) tomonidan tavsiflab berilgan. Biogenetik qonunga muvofiq tuxum hujayra urugʻlanishdan boshlab undan yetuk organizm rivojlanishiga qadar mazkur organizm oʻz turi tarixiy taraqqiyotining asosiy bosqichlarini qisqa takrorlaydi, yaʼni ontogenez filogenezning qisqacha takrorlanishi … Читать далее

BEKOVICH-ChERKASSKIY HARBIY YURISHI

BEKOVICH-ChERKASSKIY HARBIY YURISHI (1714-17) Rossiya hukmdori Petr I tomonidan Amudaryoning quyi oqimi sohiliga uyushtirilgan harbiy yurish. Harbiy yurishga Bekovich-Cherkasskiy rahbar boʻladi. Uning asl ismi Davlat Kizden (Girey) mirza, choʻqintirilgach, Aleksandr Bekovich-Cherkasskiy nomini olgan. 1714-y. katga qoʻshin bilan Xiva va Buxoro xonliklarini bosib olish uchun joʻnatiladi. Turkman elchisi Xojanafas 1713-y. Astraxonda boʻlganida rus maʼmurlariga Xiva yaqinidagi … Читать далее