YOPIQ URUGʻLILAR

YOPIQ URUGʻLILAR (Angiospermae) gulli oʻsimliklar — yuksak oʻsimliklar boʻlimi (tipi). Urugchisining boʻlishi, qoʻsh urugʻlanishi Yopiq urugʻlilarning oʻziga xos belgisidir. Urugʻchisi gulning markazida joylashib, tuguncha, ustuncha va tumshuqchadan iborat. Urugʻchi tugunchasidagi kovakda urugʻkurtak rivojlanadi. Urugʻlangan tuguncha mevaga aylanib, uning ichidagi urugʻkurtakdan bitta yoki bir nechta urugʻ hosil boʻladi (nomi ham shundan kelib chiqqan). 200 mingga yaqin turi boʻlib, 300 oilaga mansub 10 mingdan ortiq turkumi bor. Tasnifi 16a. dan boshlangan boʻlsa ham fan tomonidan qabul qilingan tizimi hali ishlab chiqilgan emas. Oʻnlab tizimi taklif qilingan, shulardan ikkitasi — ikki pallalilar va bir pallalilar sinfi koʻproq qabul qilingan. Odamlar uchun foydali koʻpgina oʻsimliklar, jumladan oziqovqat oʻsimliklari (zigʻir, gʻoʻza, bugʻdoy va b.), yemxashak oʻsimliklari (suli, beda va b.), xushboʻy, dorivor, mevali va kauchukli oʻsimliklar Yopiq urugʻlilarga kiradi. Baʼzi turlaridan qurilish materiallari olinadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x