BOZOR KONYUNKTURASI

BOZOR KONYUNKTURASI — muayyan davrdagi bozor holati; bozorda muvozanatning mavjudligi yoki buzilganligi bilan xarakterlanadi. Shunga koʻra B. k. ijobiy va salbiy, qulay yoki noqulay boʻlishi mumkin. Bozor konyunkturasi talabning oshishi bilan xarakterlansa, sotuvchi uchun qulay, chunki u tovarini qimmatga sotib, ortiqcha daromad kuradi. Agar bozorda taklif oshib ketsa, konyunktura xaridor uchun qulay boʻladi — tovarni … Читать далее

GEOKIMYOVIY SIKLLAR

GEOKIMYOVIY SIKLLAR — tadrijiy kechadigan kimyoviy jarayonlar majmui. Geokimyoviy sikllarda kimyoviy elementlar bir qancha migratsiyadan keyin, turli fizikkimyoviy qayta oʻzgarishlarda minerallar hosil qilib ishtirok etadi, izotop tarkibini oʻzgartirib, dastlabki holiga qaytadi. «Geokimyoviy sikllar» termini rus olimi A. Ye. Fersman tomonidan 1922 yda taklif etilgan. 1927-y. da V. I. Vernadskiy Yer poʻstidagi koʻpgina kimyoviy elementlarning Geokimyoviy … Читать далее

VAN ANSHI

VAN ANSHI (Van Sze-fu) (1021 — 1086) — xitoylik islohotchi; 1070—74 va 1075—76 y. larda birinchi vazir. Dehqonlarga davlat tomonidan qarz berish tizimini joriy qilgan, yollanma qoʻshin oʻrniga harbiy majbu-riyat yoʻli bilan jamlanadigan muntazam armiya tuzishni taklif etgan, bozor narxlarini tartibga solishga uringan. Islohotlarning aksariyat qismi 1085-y. bekor qilingan. Пост Навигацияси

GEOGRAFIK TADKIQOT METODLARI

GEOGRAFIK TADKIQOT METODLARI — geografiya fanlari predmetini bilishning uslub va usullari majmuasi. Geografik tadkiqot metodlari yordamida turli xil geografik maʼlumotlarni adabiyotlardan va bevosita dala sharoitida tadqiqot jarayonida toʻplab tahlil qilinadi hamda ulardan fanning metodologiyasini yaratish, nazariy-ilmiy va amaliy maqsadlarda foydalanish yoʻl-yoʻriqlari aniklanadi. Geografik tadkiqot metodlari ilm-fan taraqqiyotini (taʼlimot va gʻoyalarni) taʼminlaydigan, tadqiqotchining maqsad va vazifalarini … Читать далее

BANTU TILLARI

BANTU TILLARI — benuekongo (Markaziy va Jan. Afrika tub aholisi) tillari guruhi. Bu tillarda 150 mln. dan ortiq kishi soʻzlashadi (1997). Morfologiyasi, sintaksisi va leksikasida umumiylik bor. B. t. da baʼzi fleksiya unsurlari boʻlsada, asosan agglyutinativdir. Tovush tizimida ohang semantik va grammatik maʼnolarga ega. Koʻpchiligida 5 —7 tadan unli bor, boʻgʻinlar ochiq. Faqat kamerun tillarida … Читать далее

BOBUR

BOBUR (taxallusi; toʻliq ismi Zahiriddin Muhammad ibn Umarshayx Mirzo) (1483.14.2, Andijon 1530.26.12, Agra) — oʻzbek mumtoz adabiyotining yirik vakili: buyuk shoir; tarixchi, geograf; davlat arbobi, isteʼdodli sarkarda; boburiylar sulolasi asoschisi, temuriy shahzoda. Boburning otasi — Umarshayx Mirzo Fargʻona viloyati hokimi, onasi — Qutlugʻ Nigorxonim Moʻgʻuliston xoni va Toshkent hokimi Yunusxonnint qizi edi. Boburning onasi oʻqimishli … Читать далее

BERING Vitus Ionassen

BERING Vitus Ionassen (Ivan Ivanovich) (1681 —1741.8.12)—dengizchi sayyoh, kapitankomandor. Asli daniyalik, 1703-y. rus flotiga taklif qilingan. 1724-y. gacha Boltiq va Azov dengizlari flotlarida xizmat qilgan. Beringga 1725-y. da Osiyo bilan Amerika quruqlik orqali tutashganligi yoki boʻgʻoz orqali ajralganligipi anik^ash vazifasi topshirilgan. IKamchatka ekspeditsiyasi (1728—30)ga boshliq qilib tayinlangan. Ekspeditsiya Chukotka yarim oroli bilan Alyaska oraligʻidagi boʻgʻoz … Читать далее

BIOZONA

BIOZONA (bio… va zona) — biror sistematik guruh (tur, urugʻ— turkum, oila)ga kiradigan qazilma organizmlarning vertikal boʻylab tarqalganini koʻrsatuvchi togʻ jinslari qatlami (startigrafik interval). Yoshiga koʻra qazilma organizmlar muayyan sistematik guruhi evolyutsiyasi davriga toʻgʻri keladi. Biozona terminini ingliz geologi S. Bakmen 1902-y. da taklif etgan. «Biozona» termini bilan bir qatorda qazilma organizmlar majmui boʻyicha aniqlanadigan … Читать далее

BESSEMER JARAYONI

BESSEMER JARAYONI, choʻyanni bessemerlash— yoqilgʻi ishlatmay suyuq choʻyandan poʻlat olish usuli. Ingliz ixtirochisi G. Bessemer taklif kalgan (1856). Kislota asosidagi oʻtga chidamli gʻishtdai terilgan konverter (bessemer konverteri)da amalga oshiriladi. Konverterni gorizontal vaziyatga keltirib, unga suyuq choʻyan quyiladi, soʻngra ostidagi teshikdan havo haydalib, bosimi astasekin orttira boriladi. Konverter vertikal vaziyatga kelganda bosim 2—2,5 at ga yetkaziladi. … Читать далее

YORUGʻLIK TEZLIGI

YORUGʻLIK TEZLIGI — elektromagnit (jumladan, yorugʻlik) toʻlqinlarining tarqalish tezligi; fizikaning asosiy doimiylaridan biri; har qanday fizik taʼsirlarning eng yuqori chegaraviy tarqalish tezligi; eng aniq qiymati s=299 792 458 ± 1,2 m/s (1980). Yorugʻlik tezligi moddiy jismlarning toʻliq energiyasini ularning massasi bilan bogʻlaydi: Ye=ts2. Yorugʻlikning muhitdagi tezligi sʻ muhitlarning sindirish koʻrsatkichi p bilan bogʻlangan boʻlib, har … Читать далее