GEMOGLOBINN

GEMOGLOBINN (gemo… va lot. globus — yer, kurra) — odam, umurtkali va baʼzi umurtqasiz hayvonlar qonida boʻladigan nafas pigmenti, murakkab oqsil. Qonga qizil tus beradi, nafas aʼzolaridan toʻqimalarga kislorod va toʻqimalardan nafas aʼzolariga karbonat angidrid olib oʻtadi. Oqsilli qism — globin va temir porfirin — gemayan iborat. Gemoglobinn kislorod bilan qoʻshilib, beqaror birikma hosil qiladi. … Читать далее

BALGʻAM KOʻCHIRUVCHI DORILAR

BALGʻAM KOʻCHIRUVCHI DORILAR — yoʻtalganda balgʻam koʻchishini osonlashtiruvchi dori moddalar. Ular bronxlar shilliq pardasi bezlari faoliyatini oshiradi yoki bronxlarning muskullari qisqarishini va nafas yoʻllaridagi epiteley faoliyatini kuchaytiradi. Balgʻam koʻchiruvchi dorilar bevosita va bilvosita taʼsir etuvchi dorilarga boʻlinadi. Bevosita taʼsir etuvchi Balgʻam koʻchiruvchi dorilarga oʻzining ishqorlik xususiyati tufayli balgʻamni yumshatishga yordam beradigan natriy bikarbonat (ichimlik soda), … Читать далее

GIPERKAPNIYA

GIPERKAPNIYA (giper… va yun. Kapnos — tutun) — arterial qonda (organizmda ham) karbonat angidrid (SO,) parsial bosimining (miqdorini ham) normadan koʻpayib ketishi. SO2 ortiqcha boʻlgan havodan nafas olinganda, miyadagi nafas markazining qoʻzgʻaluvchanligi susayishi sababli oʻpka ventilyatsiyasi kamayganda, oʻpka emfizemasi, asfiksiya va b. holatlarda kuzatiladi. Пост Навигацияси

BIOAKUSTIKA

BIOAKUSTIKA (bio… va akustika) biol. ning hayvonlar tovushini va ularning tovush orkali bir-biri bilan aloqa bogʻlashini oʻrganadigan boʻlimi. Bioakustika hayvonlar ekologiyasi va etologiyasi bilan ularning tovush signallari chiqaradigan hamda bunday signallarni qabul qiladigan organlarining fiziologiyasi va morfologiyasi hamda akustikasi b-n chambarchas bogʻliq. Evolyu»siya jarayonida hayvonlarning tovush orqali bir-biri bilan aloqa bogʻlash xususiyati murakkablashib borgan, ular … Читать далее

BALANDLIK KASALLIGI

BALANDLIK KASALLIGI — organizmning kasallik holati; siyrak havoli joylarda nafas olinganda roʻy berib, bunga asosan qonda kislorod yetishmasligi (gipoksiya) sabab boʻladi. Juda baland yerlarga koʻtarilganda kuzatiladi. Balandlik kasalligiga ayrim aʼzolarning, xususan markaziy nerv sistemasining izdan chiqishi sabab boʻladi. Balandlik kasalligi bir zumda roʻy berib, nafas qisishi, yurak oʻynashi, bosh aylanishi, ogʻrishi, koʻngil aynishi, qayt qilish, … Читать далее

YURAK POROKLARI

YURAK POROKLARI — yurakning anatomik tuzilishidagi turgʻun nuqson, kamchilik va oʻzgarishlar; normal qon oqimiga xalaqit beradi. Tugʻma va orttirilgan Yurak poroklari farq qilinadi. Tugʻma Yurak poroklari homila yuragi va yurak yirik tomirlarining embrional rivojlanish davrida notoʻtri shakllanishi natijasida roʻy beradi. Homiladorlikning ilk davrida ona organizmining zaharlanishi, baʼzi kasalliklar bilan ogʻrishi, ionlovchi nurlarning biologik taʼsiri, irsiy … Читать далее

YOʻTAL

YOʻTAL — murakkab reflektor holat, ixtiyoriy yoki gʻayriixtiyoriy ravishda tez nafas chiqarish harakati; nafas aʼzolarining himoyalanish-tozalanish reaksiyalaridan biri. Yoʻtal markaziy nerv sistemasi (Y. markazi uzunchoq miyada joylashgan) tomonidan idora etiladi. Nafas yoʻllari va oʻpka yalligʻlanganda, shuningdek, nafas yoʻllariga chang, toʻzon va b. yot narsalar tushganida Yoʻtal paydo boʻladi. Baʼzan nafas yoʻllari shilliq qavatining «qichishishi»dan yoki … Читать далее

YOMGʻIR CHUVALCHANGLARI

YOMGʻIR CHUVALCHANGLARI, yer chuvalchanglari — kam tukli halqalilar sinfiga mansub chuvalchanglar bir necha oilasining umumiy nomi. Tanasining uzunligi bir necha sm dan tropik turlari 2,5 m gacha. Oʻzbekistonda uchraydigan turlari 15—20 sm dan oshmaydi. Tanasidagi halqalar soni 80 dan 450 gacha. Har bir halqasida 4 juftdan yoki undan koʻproq tuk bor. Tuklar Yomgʻir chuvalchanglari oʻrmalaganida … Читать далее

YASSI CHUVALCHANGLAR

YASSI CHUVALCHANGLAR — tuban chuvalchanglar tipi. Gavdasi 2 tomonlama simmetriyali, choʻziq, koʻpincha orqaqorin yoʻnalishida yassilashgan. Uz. 0,2 mm dan 18 m gacha. Erkin yashovchi turlarining gavda qoplogʻichi — kiprikli epiteliy, parazitlariniki — ichkariga botib kirgan yadrosiz qavat — tegumentdan iborat. Parazit turlari tanasining oldingi, baʼzan keyingi tomonida soʻrgʻichlar, soʻrgʻichli disk, klapanlar va irmoklardan iborat yopishuv … Читать далее

YOʻLDOSHEV Karim Yoʻldoshevich

YOʻLDOSHEV Karim Yoʻldoshevich (1933.10.5-Toshkent – 1999.22.10) – kardiolog, Oʻzbekiston FA akad. (1995), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1983). Tibbiyot fanlari dri (1971), prof. (1972), ToshTIni tugatgan (1957). Toshkent vrachlar malakasini oshirish inti kardiologiya va funksional diagnostika kafedrasi mudiri (1973-y. dan), Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari (1973—82), Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi Salomatlikni tiklash va fizioterapiya … Читать далее