GEMOGLOBINN

GEMOGLOBINN (gemo… va lot. globus — yer, kurra) — odam, umurtkali va baʼzi umurtqasiz hayvonlar qonida boʻladigan nafas pigmenti, murakkab oqsil. Qonga qizil tus beradi, nafas aʼzolaridan toʻqimalarga kislorod va toʻqimalardan nafas aʼzolariga karbonat angidrid olib oʻtadi. Oqsilli qism — globin va temir porfirin — gemayan iborat. Gemoglobinn kislorod bilan qoʻshilib, beqaror birikma hosil qiladi. Kislorodning parsial bosimi birmuncha yuqori boʻladigan oʻpka kapillyarlarida Gemoglobinn kislorodga boyiydi, toʻqima kapillyarlarida esa kislorodni hujayra va toʻqimalarga beradi. Turli organizmda Gemoglobinnning tuzilishi turlicha. Sogʻlom odamning 100 g qonida 13—16% G. bor. Ayollar qonidagi Gemoglobinn miqdori erkaklardagidan kam boʻladi. Gemoglobinn miqdori maxsus asbob — gemometr b-n aniklanadi. Gemoglobinn miqdorini aniqlash muhim diagnostik ahamiyatga ega. Qon kasalliklarining aksariyati (anemiya) G. tarkibining buzilishi bilan bogʻliq.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x