GAGRA

GAGRA — Gruziyaning Abxaziya Respublikasidagi shahar. Qora dengiz boʻyidagi port. T. y. stansiyasi. Aholisi 26,6 ming kishi (1990-y. lar urtalari). Dengiz boʻyi iqlimiy va balneologik kurort. Yozi issiq (avg. ning oʻrtacha t-rasi 23°), qishi yumshoq (yanv. ning Urtacha t-rasi 6°), yiliga 1400 mm gacha yogʻin tushadi. Aerogeliotalassoterapiya va vodorod sulfidli suv bilan davolash yoʻlga qoʻyilgan. … Читать далее

BERILLIY OKSID

BERILLIY OKSID, BeO — berillnyiing kislorod bilan birikmasi; oq poroshok, zichligi 3025 kg/m3, suyukdanish t-rasi 2578°, qaynash t-rasi 4300°. 2100° gacha barqarorava 2100— 2578° da barqaror Rmodifikaiiyalari mavjud. Tabiiy sharoitda royatda kam (bromellit minerali shaklida) uchraydi. Suvda erimaydi, kislotalarda erib, Be2* tuzlarini hosil qiladi (qizdirilgan Berilliy oksid faqat konsentrlaigan H2SO4 va HF da, suyultirilgan Berilliy … Читать далее

GUMORAL REGULYATSIYA

GUMORAL REGULYATSIYA (lot. Humor — suyuqlik, ingl. regulation — tartibga solish, boshqarish) — organizm hayot faoliyati (fiziologik va biokimyoviy) jarayonlarini muvofiqlashtirib turuvchi mexanizmlardan biri. Bu mexanizm hujayra, toʻqima va aʼzolarning faoliyati jarayonida organizm suyuqliklari (qon, limfa, safro, toʻqima suyumigi va b.)ga ishlab chiqarilgan biologik faol moddalar yordamida amalga oshiriladi. Gormonlar, sitokin va metabolitlar G. r. … Читать далее

GRIPP

GRIPP (frans.grippe) , inflyuensa — keng tarqalgan oʻtkir yuqumli kasallik. Yaqqol intoksikatsiya kuzatiladi, nerv va yurak-tomir sistemasi faoliyati buziladi. Grippni viruslar qoʻzgʻatadi; ularning A, A,, A2, V, S turlari maʼlum. Viruslar vaqt-vaqti bilan antigen tuzilishini oʻzgartirib turadi. Jumladan, A turining oʻzida antigen xususiyatiga qarab A (HjN,), A (H3N2) antigenli viruslar farq qilinadi. Oʻzbekistonda, asosan, A, … Читать далее

GLIKOLIZ

GLIKOLIZ (yun. Clylys — shirin va lysis — parchalanish) — uglevodlar (asosan glyukoza)tt sut kislotasigacha anaerob parchalanish jarayoni; bijgʻishning bir turi. Glikolizda ajralib chiqqan energiya adenozintrifosfat (ATF) ning fosfat bogʻlari energiyasiga aylanadi. Bu jarayonda 6 uglerodli qand — D-glyukoza hujayraning asosiy «yonilgʻi»si hisoblanadi. Glikolizda gomofermentativ sut kislotali va spirtli bijgʻish muhim ahamiyatga ega. Birinchi holda … Читать далее

VEGETATIV ORGANLAR

VEGETATIV ORGANLAR (oʻsimliklarda) — yuksak oʻsimliklarning oziklanishi va tashqi muhit bilan moddalar almashinuvini taʼminlaydigan qismi. Vegetativ koʻpayish vazifasini bajaradi. Asosiy Vegetativ organlar barg va poyali novda hamda ildiz hisoblanadi. Barg fotosintez, ildiz suv va mineral moddalarni shimib olish vazifasini bajaradi. Evolyutsiya jarayonida Vegetativ organlar oʻsimliklar quruqlikka chiqishi bilan tuzilishining mukammallashuvi tufayli paydo boʻlgan. Tuban koʻp … Читать далее

GOVMIJJA

GOVMIJJA, govmichcha — qovoq chetidagi yogʻ bezlari (tashqi Govmijja) va kiprik tuk piyozchasi (ichki Govmijja)ning oʻtkir yiringli yalligʻlanishi. Tashqi Govmijjada yiringli shish qovoq chetiga, ichki Govmijjada esa shilliq parda tomonga qaragan boʻladi. Bezchalarga yiring paydo qiluvchi mikroorganizmlar tushishi, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilmaslik, shuningdek, moddalar almashinuvining buzilishi, avitaminoz, kamqonlik, darmonsizlik, umumiy immunitetning pasayishi, qandli diabet, … Читать далее

BIRLAMCHI TRAXEYALILAR

BIRLAMCHI TRAXEYALILAR (Rgotracheata) — onixoforalar (onychophora) tipining, asosan, tropik va moʻtadil mintaqalarda tarqalgan sinfi. Tuzilishi halqali chuvalchanglarga oʻxshash. Qurtsimon tanasi boʻgʻimlarga (13 dan 43 gacha) boʻlingan, boʻgʻimlarining ikki yonida bir juftdan boʻgʻimlarga boʻlinmagan oddiy oyoqlari va oyoqlarining uchida bir juftdan xitinlashgan tirnoqchalari bor. Tana uz. 4—15 sm, yupka xitinli kutikula bilan qoplangan. Boshida bir juft … Читать далее

GAYMORIT

GAYMORIT — yuqori jagʻ suyagi boʻshligʻi (q. Gaymor boʻshligʻi) shilliq qavatining yalligʻlanishi. Kechishiga koʻra oʻtkir, oʻrtacha oʻtkir va surunkali xillari farq qilinadi. Shamollash, gripp, tumov va b. infeksion kasalliklar, shuningdek burun boʻshligʻi va chirigan tishdan yalligʻlanish jarayonlarining Gaymor boʻshligʻiga tarqalishi, baʼzan yuqori jagʻ suyagining shikastlanishi sabab boʻladi. Oʻtkir Gaymoritni vaqtida davolamaslik yoki chala davolash, baʼzan … Читать далее

GULXAYRI

GULXAYRI (Althaea) — gulxayridoshlarta mansub bir yillik va koʻp yillik oʻtlar turkumi. Yevropa va Osiyoning oʻrta mintaqalarida 12 turi oʻsadi. Oʻzbekistonda Gulxayrining bitta ekma va 7 ta yovvoyi turi bor. G. lar toʻqaylarda, sugʻoriladigan maydonlarda va b. yerlarda uchraydi. Gullari toʻgʻri, 5 boʻlaqli, ikki jinsli. Gulxayri dorivor, manzarali oʻsimlik, undan boʻyoq olinadi. Oʻzbekistonda Gulxayrining A. … Читать далее