YOʻLDOSHEV Karim Yoʻldoshevich

YOʻLDOSHEV Karim Yoʻldoshevich (1933.10.5-Toshkent – 1999.22.10) – kardiolog, Oʻzbekiston FA akad. (1995), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1983). Tibbiyot fanlari dri (1971), prof. (1972), ToshTIni tugatgan (1957). Toshkent vrachlar malakasini oshirish inti kardiologiya va funksional diagnostika kafedrasi mudiri (1973-y. dan), Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari (1973—82), Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi Salomatlikni tiklash va fizioterapiya i. t. instituti direktori (1988-y. dan), Oʻzbekiston FA Prezidiumi aʼzosi (1996-y. dan) va tibbiyot fanlari boʻlimi raisi (1996 — 98), Y. ichki aʼzolar klinik fiziologiyasi va patologiyasi, kardiologiya, gastroenterologiya, pulmonologiya, farmakoterapiya va salomatlikni tiklash muammolari ustida tadqiqot olib borgan. Yoʻldoshev rahbarligida yurak-qon tomir, nerv, ovqat hazm qilish sistemalari, nafas aʼzolari, tayanch-harakat apparati kasallangan bemorlar sogʻligʻini tiklash maqsadida organizmdagi aʼzolar va sistemalar funksiyasining maʼromiga fizik omillar taʼsiri oʻrganildi. U Sharq tabobati markazini tashkil etib, uning faoliyatiga rahbarlik qildi. Rossiya tibbiyot FA muxbir aʼzosi (1991).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x