GAGRA

GAGRA — Gruziyaning Abxaziya Respublikasidagi shahar. Qora dengiz boʻyidagi port. T. y. stansiyasi. Aholisi 26,6 ming kishi (1990-y. lar urtalari). Dengiz boʻyi iqlimiy va balneologik kurort. Yozi issiq (avg. ning oʻrtacha t-rasi 23°), qishi yumshoq (yanv. ning Urtacha t-rasi 6°), yiliga 1400 mm gacha yogʻin tushadi. Aerogeliotalassoterapiya va vodorod sulfidli suv bilan davolash yoʻlga qoʻyilgan. Nafas yoʻllari, qon aylanish organlari, nerv sistemasi davolanadi. Sanatoriylar, dam olish uylari, pansionatlar, turbaza bor. May oyidan okt. gacha dengizda chumilish mumkin. Oziq-ovqat sanoati korxonalari (goʻsht k-ti, sut, vino, baliq z-dlari) va kurortga xizmat qiluvchi korxonalar bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x