GAYMORIT

GAYMORIT — yuqori jagʻ suyagi boʻshligʻi (q. Gaymor boʻshligʻi) shilliq qavatining yalligʻlanishi. Kechishiga koʻra oʻtkir, oʻrtacha oʻtkir va surunkali xillari farq qilinadi. Shamollash, gripp, tumov va b. infeksion kasalliklar, shuningdek burun boʻshligʻi va chirigan tishdan yalligʻlanish jarayonlarining Gaymor boʻshligʻiga tarqalishi, baʼzan yuqori jagʻ suyagining shikastlanishi sabab boʻladi. Oʻtkir Gaymoritni vaqtida davolamaslik yoki chala davolash, baʼzan allergiya oqibatida surunkali Gaymorit roʻy berishi mumkin. Gaymoritda bemorning darmoni quriydi, eti uvishadi, yonoqlari shishadi, harorati koʻtariladi, yuqori jagʻi va boshi ogʻriydi, boshini burganda ogʻriq zoʻrayib, burni bitadi; koʻpincha burunning bir tomonidan yiring (yiringli Gaymorit) yoki shilimshiq (katar a l G.) oqadi, burundan nafas olish qiyinlashadi. Yarim oʻtkir va surunkali Gaymoritda kasallik alomatlari birmuncha sust namoyon boʻladi. Surunkali Gaymorit baʼzan yashirin kechib, sepsis, meningit, bosh miya abssessi va b. jiddiy asoratlar avj olishi mumkin. Gaymoritning oldini olish uchun organizmni chiniqtirish, sport bilan shugʻullanish, sof havo va suv muolajalaridan bahramand boʻlish, shuningdek tumov, tish chirishi va b. kasalliklarni oʻz vaqtida davolatish kerak. Oʻtkir Gaymoritda turli dori-darmonlar buyuriladi, surunkalida koʻpincha jarrohlik usuli qoʻllaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x