SUNNIYLIK

SUNNIYLIK (sunna soʻzidan) islom dinidagi 2 asosiy yoʻnalishdan biri va eng keng tarqalgani. Jahondagi barcha musulmonlarning taxm. 93% i Ska (qolgan 7% i shialikka) mansub (2004). Sunniylik tarafdorlari, asosan, Osiyo va Afrikada (Pokiston, Bangladesh, Hindiston, Indoneziya, Malayziya, Xitoy, Afgʻoniston, Turkiya, Arabiston ya. o. va Fors koʻrfazi atrofidagi arab mamlakatlarida, Suriya, Livan, Iordaniya, Shim. Sharqiy va … Читать далее

SULAYMON MIRZO

SULAYMON MIRZO (15141590, Lohur) — Badaxshon xoni (1526-y. dan). Temuriylardan. Sulton Vays Mirzo (Mirzoxon) (1485 —1526)ning oʻgʻli. Bobur u ni otasi vafotidan soʻng hokim qilib tayinlaydi. Humoyun davrida ham Badaxshonni boshqargan. Sulaymon Mirzo tabiatan xushfeʼl, hazilmutoyibaga moyil kishi boʻlgan. «Zukko» taxallusi bilan fors va turk tillarida gʻazallar yozgan. Sulaymon Mirzoning Haram begim ismli xotini davlat … Читать далее

SALJUQIYLAR

SALJUQIYLAR — Xuroson, Yaqin va Oʻrta Sharq, Kichik Osiyo, qisman Movarounnahrdagi bir necha davlatlarda hukmronlik qilgan turkiy sulola (1038—1308). Sulola nomi chorvador turkiy qavm — oʻgʻuzlar boshligʻi Saljufek ibn Doʻkak nomidan olingan. Sulolaga Saljuqning nevarasi sulton Toʻgʻrulbek asos solgan. Sirdaryoning quyi oqimi — Jand sh. atroflari (hoz. Navoiy viloyati hududi) da yashagan oʻgʻuzlar Saljuq boshchiligidz … Читать далее

SAKKOKIY

SAKKOKIY (15-a.) shoir. Ismi, tugʻilgan va vafot etgan yillari nomaʼlum. Samarqandda Xalil Sulton (140509) va Ulugʻbek hukmronligi davrida yashab, ijod etgan. Alisher Navoiy S. ijodiga yuksak baho bergan: «Turkiy alfozining bulagʻosindin Mavlono Sakkokiy ham Lutfiylarkim, birining shirin abyotining ishtihori Turkistonda bagʻoyat va birining latif gʻazaliyotining intishori Iroq va Xurosonda benihoyatdudur» («Xutbai davovin»), S. xalqining boy … Читать далее

SURXONDARYO TEATRI

SURXONDARYO TEATRI, Mannon Uygʻur nomidagi Surxondare viloyat oʻzbek davlat musiqali drama teatri — Oʻzbekistonning yetakchi teatrlaridan biri. 1935-y. 5 noyab. da Afandixon Ismoilov sahnalashtirgan «Gʻolibiyat» spektakli bilan Termiz sh. da ochilgan. Toshkent yosh tomoshabinlar teatridan kelgan bir guruh sanʼatkorlar teatr asosini tashkil qildilar. Teatr direktori etib R. Bobojonov, bosh rej. A. Ismoilov, bosh rassom N. … Читать далее

SULTON SAYIDXON

SULTON SAYIDXON (? 1868) Qoʻqon xoni (1863—65). Mallaxonning oʻgʻli. 1863-y. iyulda qirgʻizlar va qipchoklar amir lashkar Alimqul boshchiligida hokimiyatni egallagan. Sulton Sayidxon nomigagina xon kilib koʻtarilgan, amalda davlat ishlari Alimqul qoʻlida boʻlgan. Rus qoʻshinlari bu paytda Yangiqoʻrgʻon, Pishpak, Marki, Avliyoota, Turkiston, Chimkentni bosib olishgan. 1865-y. bahorida M. G. Chernyayev boshchiligidagi qoʻshin Toshkentni qamal qilgan. S. … Читать далее

YUSUFJON QIZIQ

YUSUFJON QIZIQ Shakarjonov (1869 — Margʻilon — 1959.9.6) oʻzbek anʼanaviy teatrining yirik namoyandasi, raqs sanʼati ustasi. Oʻzbekiston xalq artisti (1941). 1881—88 yillarda Zokirjon qiziq boshliq qoʻqonlik qiziqchilar toʻdasida bevosita Saʼdi Maxsumdan taʼlim oladi. 1888—92 yillarda toʻda bilan butun Fargʻona vodiysini aylanib chiqadi. Orachora «Chodir xayol» qoʻgʻirchoq teatrida korfarmon boʻlib ishlaydi, xalq toʻylari, sayillarida, xorijdan kelgan … Читать далее

YUGNAKIY

YUGNAKIY, Ahmad Yugnakiy (12-asr oxiri, Samarqand, Yugnak qishlogʻi — 13-asr 1-yarmi, ?) — shoir, mutafakkir. Tarjimai holi haqida deyarli maʼlumot yoʻq. «Hibat ulhaqoyiq» («Haqiqatlar tuhfasi») asari bizgacha yetib kelgan. Uning oxirida Adib Ahmad ismi tilga olinadi. Asar nusxalaridan biriga temuriy amaldorlardan Arslonxoja Tarxon tomonidan ilova qilingan 10 baytli masnaviyda Yugnakiy haqida baʼzi maʼlumotlar mavjud. Undan … Читать далее

DINIY OʻQUV YURTLARI

DINIY OʻQUV YURTLARI — ruhoniylar tayyorlovchi maktablar. Diniy marosim va odatlar xilma-xil tusga kirib koʻpayib ketgach, ularni bilib olishga ehtiyoj tugʻilganligi munosa-bati bilan paydo boʻlgan. Dastlabki Diniy oʻquv yurtlari mil. av. 2-ming yillikda qad. Misr va Bobil ibodatxonalarida (kohinlar tayyorlash uchun) ochildi. Mil. av. 1-ming yillikning oʻrtalarida Hindistonda va Markaziy Osiyo quldorlik davlatlarida budda monastirlarida … Читать далее

DARXON JANGI

DARXON JANGI (1865-y. 8-may) — chor Rossiyasi qoʻshinlari bilan Toshkent mudofaachilari oʻrtasida sodir boʻlgan jang. General M. G. Chernyayev boshchiligidagi rus qoʻshinining Toshkentni egallash uchun yoʻlga chiqqanidan xabar topgan toshkentliklar zudlik bilan mudofaaga hozirlanadi. Sulton Saidxon va Alimqul 7-mayda ertalab Toshkentga yetib kelib, mudofaaga boshchilik qiladi. Toshkentliklar qarorgohi Mingoʻrikdagi Afrosiyob tepaligida joylashgan boʻlib, u yerda … Читать далее