BARQIYORUQ

BARQIYORUQ, Ruknuddin Barqiyoruq (? — 1104) — saljuqiylar sultoni (1094 — 1104). Malikshoh 1 ning oʻgʻli. Malikshoh I vafot etgach, uning oʻgʻillari Barqiyoruq, Mahmud, Malikshoh, Muhammad va Sanjar oʻrtasida taxt uchun kurash boshlanib, vazir Nizomulmulk B. ni qoʻllab-quvvatlagan. Barqiyoruq birodari Mahmud hukmronligi (1092 — 94) dan soʻng taxtni egallashga muvaffaq boʻlgan. U oʻz hukmronligi davrida … Читать далее

BORBAD

BORBAD, Barbad, Pahlabod, Faxliz Marviy (taxm. 585, Niso — 628/38, Marv) — atok^i sozanda, xonanda, shoir va bastakor. Dastlab ijro va ijod sirlarini oʻz otasidan oʻrgangan, Marvga koʻchib, bu yerdagi mashhur ustozlarga shogird tushgan. Keyinchalik (618—28) Sosoniylar davlati shohi Xusrav [I Parviz saroyi (Ktesifon) da xizmat qilgan. Manbalarda Borbad ayniqsa turkumli (xususan, sosoniylar tomonidan davlat … Читать далее

BEHZOD

BEHZOD Kamoliddin (1455— Hirot — 1536) —buyuk miniatyurachi musavvir, Sharq uygʻonish davri yetuk sanʼatkori. Hirot miniatyura maktabi asoschisi; muzahhiblar yetakchisi, ustozi. «Ikkinchi Moniy» degan faxriy unvonga sazovor boʻlgan. Tarixchilardan Mirzo Muhammad Haydar, Doʻst Muhammad va Qozi Ahmadning maʼlumotlariga koʻra, Behzodni Sulton Husaynning kitobdori Mirak Naqqosh oʻz tarbiyasiga olgan. Behzod musavvirlikni Pir Sayd Axmad Tabriziydan oʻrgangan, … Читать далее

BOBIYLIK

BOBIYLIK — 19-a. ning4050-y. larida Eronda shialik ichida vujudga kelgan diniy harakat. Asoschisi — Bob. Yer egalari, shoh zulmiga qarshi qaratilgan yirik xalq qoʻzgʻolonlari Bobiylik bayrogʻi ostida koʻtarilgan. Bob «Bayon» kitobida oʻzini Muhammad (sav) oʻrniga kelgan paygʻambar, oʻz kitobini esa Qurʼon va shariat asosining oʻrnini olishi kerak deb eʼlon qildi. Bobiylar shaxsni himoya qilish, kambagʻallardan … Читать далее

GOʻYANDALIK

GOʻYANDALIK — xalq orasida keng tarqalgan professional soʻz sanʼati koʻrinishlaridan. Goʻyandalik bilan shugʻullanuvchi odam goʻyanda deb nomlangan. Badiiy soʻz ijrochiligining mumtoz anʼanalariga koʻra, Goʻyandalik sanʼati ijrochilik jarayoni hamd (xudoning maqtovi) va naʼt (Muhammad (as) madhi)dan boshlanib, keyin aniq bir voqea va hodisalar bayoniga kirishilgan. Oʻrta asrlarda Goʻyandalik sanʼati gʻoyat rivojlangan va ijtimoiy mavqega ega boʻlgan, … Читать далее

BAKRON

BAKRON Muhammad ibn Najib (12-a. oxiri — 13-a. boshi) — geograf va xaritashunos. Bakron gazlamaga chizilgan «Olam shakli» — dunyo xaritasini 1209-y. da Muhammad Xorazmshoh Alovuddin ibn Takashga (1200 — 1220-y. larda hukmronlik qilgan) takdim etgan. Xaritaning oʻzi yoʻqolgan, ammo oʻsha xaritaga ilova qilingan batafsil izohot — «Jahonnoma» qoʻlyozmasi saqlanib qolgan (Osiyo xalqlari in-ti qoʻlyozmalar … Читать далее

SAUDIYLAR

SAUDIYLAR — 1) Saudiya Arabistonidagi hukmdor sulola; asoschisi — Saud ibn Muhammad ibn Mikrin. 1927-y. gacha Saudiylar — Najd amirlari; 1927—32 y. larda — Hijoz va Najd hamda ularga qoʻshilgan viloyatlar qirollari; 1932-y. dan — Saudiya Arabistoni qirollari (podsholari); 2) Saudiya Arabistoni arablari — xalq, Saudiya Arabistonining asosiy aholisi (13,25 mln. kishi, 1990y. lar oʻrtalari). … Читать далее

SAYRAM

SAYRAM — qadimgi shahar va viloyat. Aris daryosi vodiysida (Chimkent sh. dan 8 km uzoqlikda) joylashgan. Tarixda Isfijob, Oʻrungkent, Yettikent, Madinat ulbayzo, Saryom nomlari bilan qayd etiladi. Sayram qalʼasining qad. oʻrni 28 ga dan koʻproq joyni egallagan. Qalʼa birinchi marta 840-y. da somoniylar amiri Nuh ibn Asad tomonidan bunyod etilgan. Koʻchmanchilardan saqlanish uchun devor juda … Читать далее

SAYYID

SAYYID, sayd (arab. — janob) — 1) Muhammad paygʻambar (as) avlodlariga mansub kishining unvoni. Arablarda islomga qadar qabilaning saylanadigan rahbarlari unvoni — boshliq, masʼul shaxs degan maʼnoni anglatgan. Lshning otasi Abu Tolib bir vaqtlar quraysh qabilasining Sayyid laridan boʻlgan. Shuning uchun bu unvon Alining oʻgʻillari Hasan va Husaynning butun avlodlari ismiga qoʻyiladigan faxriy unvon hisoblangan. … Читать далее

SAYFIDDIN BOHARZIY MAQBARASI

SAYFIDDIN BOHARZIY MAQBARASI — Buxorodagi meʼmoriy yodgorlik (13—14-a. lar). Buxoroning sharqiy qismi (eski Fathobod mavzei) da 2 maqbara — Bayonqulixon maqbarasi va Sayfiddin Boharziy Maqbarasi bunyod etilgan. Sayfiddin Boharziy Maqbarasining kichik goʻrxonasi (13-a. 2-yarmi) va ziyoratxonasi (14-a. 2-yarmi) charxi gumbazli. Bosh tarzidagi peshtoq chuqur ravoqli, 2 yoniga guldastalar ishlangan. Peshtoq va guldasta oraligʻidagi yassi mehrobiy … Читать далее