SULTON SAYIDXON

SULTON SAYIDXON (? 1868) Qoʻqon xoni (1863—65). Mallaxonning oʻgʻli. 1863-y. iyulda qirgʻizlar va qipchoklar amir lashkar Alimqul boshchiligida hokimiyatni egallagan. Sulton Sayidxon nomigagina xon kilib koʻtarilgan, amalda davlat ishlari Alimqul qoʻlida boʻlgan. Rus qoʻshinlari bu paytda Yangiqoʻrgʻon, Pishpak, Marki, Avliyoota, Turkiston, Chimkentni bosib olishgan. 1865-y. bahorida M. G. Chernyayev boshchiligidagi qoʻshin Toshkentni qamal qilgan. S. S. Alimkul bilan birga Toshkent mudofaasiga rahbarlikni oʻz qoʻliga olgan. Alimqul jangda oʻddirilgach, qirgʻiz va qipchoklar qoʻshini Qoʻqonga qaytib ketib, taxtga boshqa xonni oʻtqazish payiga tushgan. Tarixchi Muhammad Solihning yozishicha, Toshkent xalqi Sulton Sayidxonga sodiq qolib, uni qayta xonlik taxtiga oʻtqazishadi. Shu ravishda Toshkent oʻz xoniga ega boʻlib, Qoʻqondan mustaqilligini namoyish etadi.

Sulton Sayidxon Rossiya tajovuziga qarshi yordam soʻrab Turkiya sultoniga, Buxoro amiriga va Qoʻqonga elchilar joʻnatgan. Buxoroga sebzorlik eshon Hakimxoʻja qozikalon boshchiligida har dahadan toʻrt oqsoqol yuboriladi. Buxoro amiri oʻz maktubida Sulton Sayidxon uning huzuriga kelib boʻysunishi va shundan keyingina Toshkentga yordam berishi mumkinligini yozgan. Amirning bu talabi qondirilgan.

Ad.: Oʻzbekistonning yangi tarixi, 1kitob [Turkiston chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida], T., 2000; Beysimbiyev T. K., Tarixi Shaxruxi, AlmaAta, 1987.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x