BOBOTOGʻ

BOBOTOGʻ — Surxondaryo viloyatining sharqidagi togʻ tizmasi. Oʻzbekiston va Tojikiston Respublikalari chegarasida, Surxondaryo va Kofarnihon daryolari oraligʻida shim. sharqdan jan. gʻarbga tomon Amudaryo sohiligacha choʻzilgan. Uz. kariyb 125 km, eni 30 — 40 km. Eng baland choʻqqisi — Zarkosa togʻi, 2290 m. Asosan paleogen va yura davri ohaktoshlari, gil, alevrolit, qumtoshlardan tarkib topgan. Bobotogʻning sharqiy … Читать далее

BITTEPA

BITTEPA — gʻor shaklida oʻyib ishlangan qabriston (7—8-a. lar). Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidatch adirda joylashgan. Oʻzbekiston sanʼatshunoslik ekspeditsiyasi tomonidan 1979-y. ning yozida qazib oʻrganilgan. Qabrlar birbiridan 4—6 m uzoqlikda boʻlib, yer sathidan 15—20 m balandlikda murabba (2,4×2,4 va 3,3×3,3 m), toʻgʻriburchak (1,8×4,9 m) va xoch shaklida qumtosh ichiga oʻyib ishlangan. Qabrlar ogʻzi katta hajmdagi gʻishtlar … Читать далее

BIR YUZ SAKKIZ-F

BIR YUZ SAKKIZ-F (108-F) oʻrta tolali gʻoʻza navi. Oʻzbekiston Paxtachilik i. t. in-tining Fargona tajriba st-yasida Kuk va 36M2 navlarini tabiiy duragaylash usuli bilan yaratilgan (L. V. Rumshevich, 1940). Uzbekistan, Ozarbayjon, Tojikiston, Turkmenistan, Qozogʻistonda r-nlashtirilgan (1947) va hozir ham katta maydonlarda ekiladi. Chet mamlakatlarda ham keng tarqalgan (Suriya, Xitoy, Eron, Afgoniston va b.). Tupi ixcham, … Читать далее

VAYYAN-KUTYURYE

VAYYAN-KUTYURYE Pol (1892.8.1 – Parij — 1937.10.10) — fransuz yozuvchisi. 1-jahon urushida qatnashgan. «Koʻrlar bazmi» (1927) hikoyalar toʻplami va «Iyul ota» (1927) fojiaviy komediyasida jamiyatdagi hukmdan tabaqa hayotining salbiy tomonlari tanqid qilingan. V.-K. 1931-y. da Oʻzbekiston va Tojikistonda boʻlgan. «Temur yurtida» umumiy nom ostida ocherklar toʻplamini nashr ettirgan (1932). Bunda Oʻzbekistan va Tojikiston xalklari, ularning … Читать далее

BERTELS Yevgeniy Eduardovich

BERTELS Yevgeniy Eduardovich [1890.13(25). 12, Peterburg1957.7.10, Moskva] — sharqshunos olim. Oʻzbekiston FA (1956). Turkmaniston FA (1951) faxriy aʼzosi. Oʻzbekistonda (1944) va Tojikistonda (1946) xizmat koʻrsatgan fan arbobi, prof. (1928), filol. fanlari d-ri (1935). Peterburg untining ququqshunoslik (1914) va sharq (1918) f-tlarini tamomlagan. FA Osiyo muzeyi (keyinchalik Sharqshunoslik inti)da (1918—42, 1946-y. dan umrining oxirigacha), Oʻzbekiston FA … Читать далее

BAYON

BAYON (arab.) — 1) voqea, hodisa, fikr, mulohaza va sh. k. ning ogʻzaki yoki yozma ifodasi; 2) matnni oʻqib yoki aytib berilganlar asosida yozib chiqilgan ish. Oʻzbekiston umumtaʼlim maktablarida (asosan 2 — 8 sinflarda) oʻquvchilarning fiqolashini rivojlantirish boʻyicha sinf oʻquv (yozma) ishining asosiy turlaridan biri sifatida foydalaniladi. Пост Навигацияси

GAZLI-CHIMKENT GAZ QUVURI

GAZLI-CHIMKENT GAZ QUVURI — gaz magistrali. Jan. Qozogʻistonni Buxoro (Gazli gaz-neft koni) tabiiy gazi bilan taʼminlash uchun qurilgan. Gazli-chimkent gaz quvuri — Ch. g. q. 1987-y. da ishga tushirilgan. Umumiy uz. 621 km (shu jumladan Oʻzbekiston hududida 312 km). Bu gaz yoʻlida 1220 mm li quvurlar yotqizilgan boʻlib, kompressor st-yalari qurilgan. Loyiha quvvati boʻyicha yiliga … Читать далее

GAZETA

GAZETA (ital. gazzetta — chaqa pul) — kundalik voqealar toʻgʻrisida materiallar eʼlon qilinadigan davriy (vaqtli) bosma nashr. Ommaviy axborot va targʻibotning asosiy vositalaridan biri. Uning vazifasi jamiyatning axborotga boʻlgan ehgiyojini, maʼnaviy intellektual talablarini qondirishdan iborat. Gazeta faqat ijtimoiy-siyosiy, maʼnaviy hayot obyekti boʻlib qolmay, balki moddiy i. ch. obyekti, i. ch.-iqtisodiy munosabatlar sohasi hamdir. Shu bilan … Читать далее

VASILENKO Sergey Nikiforovich

VASILENKO Sergey Nikiforovich [1872.18 (ZO). Z – Moskva – 1956.11.3] – rus kompozitori, dirijyori. Oʻzbekistan (1939) va Rossiya (1940) xalq artisti, sanʼatshunoslik fanlari d-ri (1943). Moskva un-ti yuridik f-tini (1896) va Moskva konservatoriyasini (1901) tamomlagan. 1906 — 50 y. lari Moskva konservatoriyasida (1907-y. dan prof. lavozimida) ishlagan. 6 opera, bir qancha baletlar, 5 simfoniya, turli … Читать далее

BUXORO MINIATYURA MAKTABI

BUXORO MINIATYURA MAKTABI — Oʻzbekiston miniatyura sanʼatidagi oʻziga xos yoʻnalish. Oʻrta asrlar (16 — 17-a. lar)da Buxoroda shakllangan. Buxoro miniatyura maktabining rivojlanish davri Buxoroda Shayboniyxonlar (16-a.), Ashtarxoniylar (17-a.) hukmronligi davriga toʻgʻri keladi. Hirot miniatyura maktabi taʼsirida rivojlangan Buxoro miniatyura maktabi dastlab Buxoroga kelgan Hirot miniatyura maktabi vakillarining ijodi bilan bogʻliq boʻlgan va mahalliy badiiy anʼanalar … Читать далее