BERTELS Yevgeniy Eduardovich

BERTELS Yevgeniy Eduardovich [1890.13(25). 12, Peterburg1957.7.10, Moskva] — sharqshunos olim. Oʻzbekiston FA (1956). Turkmaniston FA (1951) faxriy aʼzosi. Oʻzbekistonda (1944) va Tojikistonda (1946) xizmat koʻrsatgan fan arbobi, prof. (1928), filol. fanlari d-ri (1935). Peterburg untining ququqshunoslik (1914) va sharq (1918) f-tlarini tamomlagan. FA Osiyo muzeyi (keyinchalik Sharqshunoslik inti)da (1918—42, 1946-y. dan umrining oxirigacha), Oʻzbekiston FA Til va adabiyot in-tida, ayni vaqtda Oʻrta Osiyo davlat untida (1942—46) ishlagan. B. Yaqin va Oʻrta Sharqxalqlari, ayniqsa turkiy xalklar madaniyati, tili, adabiyoti, tarixiga oid nlmiy ishlar yaratgan. Sufnylik tariqati va adabiyotiga ayuhida eʼtibor bergan. Mazkur sohalar boʻyicha matnshunoslik maktabi asoschilaridan biri. Firdavsiy (1935), Nizomiy (1940), Navoiy (1948), Jomiy (1949) ijodi haqida monografiyalar yaratgan. Nizomiyning «Iskandarnoma» asarining ilmiytanqidiy matnini tayyorlagan (1948), Firdavsiy «Shohnoma»sining ilmiytanqidiy matnini tayyorlashda rahbarlik qilgan. Fors, oʻzbek, tojik, turkman adabiyotlari tarixidan ocherklar yozgan (1928—35). Oʻzbek yozuvchilari, jumladan Oybek va uning «Navoiy» romani haqida ilmiy tadqikrtlar olib borgan.

As: Izbrannыye trudы 1t. 1—5], Moskva, 196086.

Ad.: Bertels Yevgeniy Eduardovich (Bibliograficheskiye ocherki o deyatelyax obshestvennыx nauk Oʻzbekistana], |t. 1], T., 1976.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x