BIR YUZ SAKKIZ-F

BIR YUZ SAKKIZ-F (108-F) oʻrta tolali gʻoʻza navi. Oʻzbekiston Paxtachilik i. t. in-tining Fargona tajriba st-yasida Kuk va 36M2 navlarini tabiiy duragaylash usuli bilan yaratilgan (L. V. Rumshevich, 1940). Uzbekistan, Ozarbayjon, Tojikiston, Turkmenistan, Qozogʻistonda r-nlashtirilgan (1947) va hozir ham katta maydonlarda ekiladi. Chet mamlakatlarda ham keng tarqalgan (Suriya, Xitoy, Eron, Afgoniston va b.). Tupi ixcham, boʻyi 100—105 sm. Bargi oʻrtacha, asosan 5 boʻlmali. Guli oʻrtacha, gulbarglari va changi och sariq. Koʻsagi yirik, asosan 5 chanokdi. Tolasi oq. Bir dona koʻsakdagi paxta vazni 6,7 — 7,0 g. 1000 dona chigiti massasi 125 — 130 g. Viltga chidamli. Vegetatsiya davri 145— 147 kun, 35—36% tola beradi. Bu nav asosida keyinchalik r-nlashtirilgan 20 ga yaqin «F» («Fargʻona») indeksli gʻoʻza navlari chiqarilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x