BITTEPA

BITTEPAgʻor shaklida oʻyib ishlangan qabriston (7—8-a. lar). Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidatch adirda joylashgan. Oʻzbekiston sanʼatshunoslik ekspeditsiyasi tomonidan 1979-y. ning yozida qazib oʻrganilgan. Qabrlar birbiridan 4—6 m uzoqlikda boʻlib, yer sathidan 15—20 m balandlikda murabba (2,4×2,4 va 3,3×3,3 m), toʻgʻriburchak (1,8×4,9 m) va xoch shaklida qumtosh ichiga oʻyib ishlangan. Qabrlar ogʻzi katta hajmdagi gʻishtlar (52x26x10 sm) bilan berkitilgan boʻlib, murdalar qoʻyilgan joyga bal. 1—1,2 m keladigan kamalaksimon yoʻlak orqali kirilgan. Yoʻlak devorlarida ham oʻyib ishlangan tokchalar bor. Har bir qabrdan 10 va 18 tagacha odam suyaklari chiqqan; ular atrofida xilmaxil munchoqlar, mis isirgʻalar, temir va misdan tayyorlangan kamar toʻqalari, oʻqyoy uchi, pichoklar, uzuklar topilgan. Eng noyob topilma qanot yoyib turgan holatda tasvirlangan ilohiy maʼbuda — taqinchoqdir. Qizil rangga boʻyalgan paxta va ipak matolar ham uchraydi. Topilgan 15 ta kumush va jez tanganing bir qismi sosoniy podshohlaridan Feruz (459—484), Xusrav I Anushirvon (531579) va Hurmuzd IV (590628)ga taalluqlidir. Bittepa qabristonida birorta ham sopol idish uchramaydi, demak, bu davrda chagʻoniyonliklarda dunyoqarash va koʻmish urfodatlari oʻzgacha boʻlgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x