NAMANGAN KARBONAM AKSIYADORLIK JAMIYATI

NAMANGAN «KARBONAM» AKSIYADORLIK JAMIYATI — «Oʻzkimyosanoat» davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tarkibidagi korxona. Asosiy i. ch. mahsulotlari: texnik, tozalangan karboksilmetilsellyuloza, burgilash reagenti, shuningdek, xalq isteʼmoli mollari, gulqogʻoz yelimi va b. ishlab chikaradi. Namangan kimyo zavodi nomi b-n 1942-y. da neftni qayta ishlash sanoati uchun karboksilmetilsellyuloza i. ch. maqsadida tashkil etilgan. 1983-y. da z-dda tozalangan karboksilmetilsellyuloza i. ch. boʻyicha … Читать далее

XALQ IJODI

XALQ IJODI — xalq ommasining badiiy, ijodiy-amaliy va havaskorlik faoliyati; anʼanaviy moddiy va nomoddiy madaniyatning xalq ogʻzaki badiiy ijodi (folklor), xalq musiqasi (musiqa folklori), xalq teatri (tomosha sanʼati), xalq oʻyinlari (raqs), qoʻgʻirchoqbozlik, dor va yogʻoch oyoq oʻyinlari (xalq sirki), xalq tasviriy va amaliy bezak sanʼati hamda texnikaviy va badiiy havaskorlik kabi ijodiyot turlari. Yaratilishi va … Читать далее

KANOVIZ

KANOVIZ, kanaus (fors.) — shoyi mato turi; sof ipakdan toʻqilgan. Kanoviz matosi bir necha hunarmandlar ishtirokida tayyorlanadi. Ipak ipga chizmakash gullarni abrbandi usulida chizib beradi, toʻquvchi boʻyalgan ipdan mato toʻqiydi. Buxoro, Samarkand, Qoʻqon, Margʻilon, Namangan va b. shaharlarda xonatlas, shoyi qatorida Kanoviz xam ishlab chiqarilgan, keng tarqalgan va qadrlangan. Buxoroda shohi nomi bilan ham atalgan. … Читать далее

KAMCHIQ DOVONI

KAMCHIQ DOVONI — Qurama tizma togʻlarida, Toshkent va Namangan viloyatlari chegarasida joylashgan. Bal. 2269 m, shim.-gʻarbda Kuindi tizmasi (1874 m) va jan.-sharkda Sulukota (2334 m) tizma togʻlarining tutashgan joyida. Dovon trias davrining konglomerat, qumtosh, alevrolit qatlamlarl ustida yotuvchi kvarsli porfir, tuf, lavali jinslardan tashkil topgan. Relyefi kuchli parchalangan, yon bagʻirlari tik. Tub jinslar yalangʻoch. Dovondan … Читать далее

QOʻQON XONLIGI

QOʻQON XONLIGI — oʻzbek xonliklaridan biri (18—19-a. lar). Poytaxti — Qoʻqon. Minglar urugʻidan boʻlgan Shohruxbiy 1709-y. da asos solgan. Bu davlat tarkibiga dastlab Qoʻqon, namangan. Margʻilon, Konibodom, isfara va ularning atrofidagi qishloqlar kirgan. Abdurahimbiy davrida Buxoro xonligiga harbiy yurish qilinib Samarqand egallanadi (1732). Abdulkarimbiy davrida 1746-y. qalmoqlar Fargʻona vodiysiga hujum qilib, Oʻsh, Andijon, Margʻilon sh. … Читать далее

OʻSIMLIKLARNI HIMOYA QILISH INSTITUTI

OʻSIMLIKLARNI HIMOYA QILISH INSTITUTI, Oʻzbekiston oʻsimliklarni himoya qilish ilmiy tadqiqot instituti — oʻsimliklarni himoya qilish boʻyicha bosh muvofiqlashtiruvchi ilmiy markaz. 1958-yilda Butunittifoq paxtachilik intining Oʻsimliklarni himoya qilish markaziy st-yasi negizida tashkil etilgan. Toshkent viloyati Qibray tumani Salor shaharchasida joylashgan. in-t faoliyatining asosiy yoʻnalishlari: oʻsimliklarni himoya qilishning yangi vositalarini qoʻllab, ekinlar va ulardan olinadigan mahsulotlarni zararkunandalar, … Читать далее

POP TUMANI

POP TUMANI — Namangan viloyatidagi tuman. 1926-y. 28 sent. da tashkil etilgan. 1930-y. dan Chust-Pop tumani nomi bilan atalgan. 1931-y. da, Chust tumani ajralib chiqqanidan keyin, Pop tumani deb atalib kelinmoqda. 1947—60 y. larda Namangan viloyati tarkibida, 1960—67 y. larda Fargona viloyatida, 1967-y. dek. dan yana Namangan viloyati tarkibida. Pop tumani Namangan viloyati maydonining 43,8%, … Читать далее

PARESKAYA Marina Ivanovna

PARESKAYA Marina Ivanovna (1946.28.12, Namangan sh.) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1996). SamDUni tugatgan (1970). 1970-y. dan Namangan ped. in-tida, 1977-y. dan Namangan sh. dagi 5-, 6maktabda ingliz tili oʻqituvchisi, oʻquv boʻlimi mudiri, 1994—2001-y. larda 6maktabgimnaziyada ingliz tili oʻqituvchisi. Darsni yangi pedagogik texnologiyalar asosida oʻtadi. Пост Навигацияси

POP ZILZILASI

POP ZILZILASI — 1984-y. 17 fevda soat 23 dan 27 min. oʻtganda sodir boʻlgan. Zilziladan Pop va uning atrofidagi bir qancha qishloqlar tala-fot koʻrgan. Zilzila kuchi epitsentrda 8 ballga yetgan, magnitudasi 5,7, chuq. 15 km. Bu hudud uchun zilzila tasodifiy hol boʻlmasdan, balki seysmotektonik izlanishlar natijasida oldindan (1976-y.) belgilab qoʻyilgan Namangan seysmogen zonasida roʻy bergan. … Читать далее

POCHCHAOTASOY

POCHCHAOTASOY, Podshootasoy — Namangan viloyatidagi soy. Chatqol tizmasining yon bagʻirlaridan boshla-nadi. Uz. 80 km dan ortiq. Havzasining mayd. 389 km2. P. yuqori oqimida chuqur daralardan, Nanay qishlogʻi yonida togʻdan chiqib Qorabali vodiysidan oqadi. Katta yoyilma hosil qiladi. Shu yerdan soy suvi sugʻorish arik/iapnra olinadi. Qor, yomgʻir, yer osti suvlaridan va qisman muzliklardan toʻyinadi. Havzasida umumiy … Читать далее