NAMANGAN KARBONAM AKSIYADORLIK JAMIYATI

NAMANGAN «KARBONAM» AKSIYADORLIK JAMIYATI — «Oʻzkimyosanoat» davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tarkibidagi korxona. Asosiy i. ch. mahsulotlari: texnik, tozalangan karboksilmetilsellyuloza, burgilash reagenti, shuningdek, xalq isteʼmoli mollari, gulqogʻoz yelimi va b. ishlab chikaradi. Namangan kimyo zavodi nomi b-n 1942-y. da neftni qayta ishlash sanoati uchun karboksilmetilsellyuloza i. ch. maqsadida tashkil etilgan. 1983-y. da z-dda tozalangan karboksilmetilsellyuloza i. ch. boʻyicha yangi sex ochildi. 1991-y. gachaz-d sobiq Ittifoqtar-kibiga kiruvchi respublikalarning neft-gaz sanoati ehtiyojlarini taʼminlovchi ushbu turdagi mahsulotlarning asosiy ishlab chiqaruvchisi edi. Korxona 1997-y. dan «Karbonam» ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati. 3-d texnik va tozalangan karboksilmetilsellyuloza i. ch. ga ixtisoslashgan Markaziy Osiyoda yagona korxona. Fargona furan birikmalari z-dida ishlab chiqariladigan sellyuloza asosiy xom ashyo hisoblanadi. Korxona mahsulotlarining 30% ichki bozorga, qolgan qismi eksportga chikariladi. Asosiy isteʼmolchilari — neftni qayta ishlash va lok-boʻyoq sanoati korxonalari. Namangan karbonam aksiyadorlik jamiyati «K.» A. J. yiliga 13 ming t texnik va 2,6 ming t tozalangan karboksil-metilsellyuloza i. ch. quvvatiga ega.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x