POCHCHAOTASOY

POCHCHAOTASOY, Podshootasoy — Namangan viloyatidagi soy. Chatqol tizmasining yon bagʻirlaridan boshla-nadi. Uz. 80 km dan ortiq. Havzasining mayd. 389 km2. P. yuqori oqimida chuqur daralardan, Nanay qishlogʻi yonida togʻdan chiqib Qorabali vodiysidan oqadi. Katta yoyilma hosil qiladi. Shu yerdan soy suvi sugʻorish arik/iapnra olinadi. Qor, yomgʻir, yer osti suvlaridan va qisman muzliklardan toʻyinadi. Havzasida umumiy uz. 4 km dan ortiq 6 ta muzlik bor (mayd. 1,9 km2). Iillik oʻrtacha suv sarfi 6,1 m3/ sek., oqim moduli 15,7 l/sek, km2, Vegetatsiya davrida yillik suvining 80% i oqib oʻtadi.

Pochchaotasoydan Namangan viloyati Yangiqoʻrgʻon tumanining ekin maydonlari suv ichadi. Soy vodiysida Zarkent va Nanay qishloqlari bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x