MOYCHECHAK

MOYCHECHAK (Matrigaria) — murakkab-guldoshlar oilasiga mansub bir yillik oʻtsimon oʻsimlik turkumi, dorivor ekin. 50 dan ortiq turi bor. Asosan, Yevropada, Jan. Sibirda, Kavkaz, Oʻrta Osiyoda uchraydi. Koʻpgina mamlakatlarda, shu jumladan, Oʻzbekistonning Toshkent, Namangan viloyatlaridagi dorivor ekinlar yetishtiriladigan xoʻjaliklarda dorivor Moychechak (M.recutito) turi (chittigul) ekiladi. Dorivor Moychechakning boʻyi 40 sm. Poyasi bir yoki bir nechta, tik … Читать далее

MOʻYDINOV Ahmadjon Razzoqovich

MOʻYDINOV Ahmadjon Razzoqovich (1955.15.4, Uchqoʻrgʻon tumani) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1995). Namangan ped. in-tini tugatgan (1977). 1977-y. dan Uchqoʻrgʻon tumanidagi 38gimnaziyada mat. oʻqituvchisi. Pedagogik faoliyati davomida zamon talabiga mos mat. xonasini ji-hozlagan. Пост Навигацияси

MUGʻXONA

MUGʻXONA, qurum, mugʻtosh — 1) otashparastlar qarorgohi; 2) oʻtov shaklida toshdan yasalgan qabr inshooti (mil. av. 3—2 — mil. 5—6-a. lar). Namangan viloyatidagi Kosonsoy yaqinidan topilgan M. Shim. Fargʻonaning yarim oʻtroq qabilalariga mansub. Inshoot devorlari siniq va yupqa toshlardan qorishma ishlatilmay oval shaklida (5×8,5 m) qurilgan. Ichki xonaning chiqish tuynugi boʻlib, toshtaxta bilan berkitib qoʻyilgan. … Читать далее

PAXTACHILIK INSTITUTI

PAXTACHILIK INSTITUTI, Oʻzbekiston paxtachilik ilmiy tadqiqot instituti, OʻzPITI — paxtachilik sohasidagi eng yirik ilmiy muassasa. Oʻzbekiston Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi tarkibida. 1929-y. da Bu-tunittifoq paxtachilik il. in-ti (SoyuzNIXI) nomi bilan tashkil etilgan. 1983—92 y. larda «Soyuzxlopok» IIB, 1992-y. dan hoz. nomda. Toshkent viloya-ti Qibray tumani Oqqovoq qishlogʻida joylashgan. … Читать далее

MUHITDINOV Nuriddin Akramovich

MUHITDINOV Nuriddin Akramovich (1917.19.11, Toshkent) — davlat va siyosat arbobi, diplomat. Moskvadagi savdo-kooperativ in-tini tugatib (1938), turli lavozimlarda ishladi. 2-jahon urushi qatnashchisi. 1946y. dan uning siyosiy faoliyati boshlandi. Namangan viloyat partiya qoʻmitasi kotibi va 1-kotibi (1947 — 50), Uzbekiston Kompartiyasi Ministrlar Soveti raisi (1951—53, 1954-55), Uzbekiston Tashqi ishlar vaziri (1953 — 54), Uzbekiston Kompartiyasi MK … Читать далее

MUNCHOQTEPA YODGORLIKLARI

MUNCHOQTEPA YODGORLIKLARI — qad. arxeologik yodgorliklar majmuasi. Namangan viloyati, Pop sh. dan 2 km jan. da, Sirdaryo boʻyida joylashgan. Munchoqtepa, Balandtepa, Temirqasmoqtepalardan iborat. Arxeologik qazishmalarga koʻra, Balandtepa (1—8-a), Temirqasmoqtepa shahar xarobalari, Munchoqtepa esa shahar qabristoni (1—8-a.) hisoblanadi. Munchoqtepa yodgorliklari guruhida 1988-y. jahonshumul ahamiyatga molik arxeologik kashfiyot qilindi. Munchoqtepa I yodgorligida yakka tartibdagi qabrlar, Munchoqtepa II … Читать далее

MUGʻ QALʼA

MUGʻ QALʼA, Mugʻtepa, Mugʻ qoʻrgʻon — arxeologik yodgorlik (mil. 1—13-a. boshi). Namangan viloyatining Kosonsoy sh. yaqinida joylashgan. Mugʻ qalʼa 2 qismdan iborat: ark va shahriston; qoʻrgʻon (mayd. 4 ga). Har 2 qism kuzatuv minoralari boʻlgan mudofaa devori bilan oʻralgan. Ark shahristonning jan.-gʻarb tomonida, Kosonsoy daryosining tik yon bagʻrida joylashgan. Undan milodning boshlari va oʻrta asrlarga … Читать далее

PILLACHILIK

PILLACHILIK — ipak qurti boqish, pilla yetishtirish majmui; qishloq xoʻjaligining ipakchilik sanoati uchun xom ashyo yetkazib beradigan asosiy tarmoklaridan biri. Pillachilik tarmoq sifatida Pillachilik ozuqa manbai boʻlgan tutzorlar barpo qilish; tutning yangi navlarini yaratish; ipak kurtining zotlari va durapiiarini yaratish; naslchilik ishlari, ipak kurti boqib, uning tuxumini yetishtirish; ipakchilik sanoati uchun tirik pilla tayyorlash; pillani … Читать далее

MINGBULOQ TUMANI

MINGBULOQ TUMANI (1994-y. gacha Zadaryo tumani) — Namangan viloyatidagi tuman. 1952-y. 29 sent. da tashkil etilgan. Sirdaryoning chap sohilida, Markaziy Fargʻonaning qoʻriq va boʻz yerlarida. Shim. dan viloyatning Chust va Toʻraqurgʻon, shim.-sharqdan Namangan, shim.-gʻarbdan Pop tumanlari, jan.-sharqdan Andijon viloyatining Ulugʻnor, jan. va jan.-gʻarbdan Fargʻona viloyati tumanlari bilan chegaradosh. Mayd. 0,74 ming km2. Aholisi 91,6 ming … Читать далее

PIRMUHAMEDOV

PIRMUHAMEDOV Rahim [1896.20.12 (1897.1.1) – Toshkent – 1972.16.2] – birinchi uzbek kinoaktyorlaridan. Oʻzbekiston xalq artisti (1948). Moskva uzbek drama studiyasini tugatgan (1930). Ijodiy faoliyatini 1918-y. K. Marks nomidagi teatr truppasida boshlagan, keyinchalik Samarqand, Namangan teatrlarida ishlagan. 1924-y. Toshkentda utka-zilgan «kuldiruvchilar musobaqasi»ning gʻolibi boʻlgan. 1927-y. dan kinoaktyor. Pirmuhamedov epizodik rollar ustasi sifatida tanilgan. U ovozeiz kino … Читать далее