OʻSIMLIKLARNI HIMOYA QILISH INSTITUTI

OʻSIMLIKLARNI HIMOYA QILISH INSTITUTI, Oʻzbekiston oʻsimliklarni himoya qilish ilmiy tadqiqot instituti — oʻsimliklarni himoya qilish boʻyicha bosh muvofiqlashtiruvchi ilmiy markaz. 1958-yilda Butunittifoq paxtachilik intining Oʻsimliklarni himoya qilish markaziy st-yasi negizida tashkil etilgan. Toshkent viloyati Qibray tumani Salor shaharchasida joylashgan. in-t faoliyatining asosiy yoʻnalishlari: oʻsimliklarni himoya qilishning yangi vositalarini qoʻllab, ekinlar va ulardan olinadigan mahsulotlarni zararkunandalar, kasalliklar va begona oʻtlardan himoyalashning samarali va zamonaviy texnologiyalarini ishlab chiqish; ekinlarning zararkunanda va kasalliklarga chidamli turlari va navlarini aniqlash; don ekinlari zararkunandalari, kasalliklari va begona oʻtlariga qarshi ekologik xavfsiz kurash choralarini, donni saqlash davrida zararkunandalardan himoya qilish texnologiyasini ishlab chiqish; respublikada va chet ellarda ishlab chiqarilgan zamonaviy insektoakaritsidlarni oʻrganish va sinash asosida samarador boʻlganlarini tanlab olish va ishlab chiqarishda foydalanish uchun tavsiya etish; gʻoʻza, bugʻdoy va sabzavot ekin maydonlarida uchraydigan begona oʻtlarga qarshi yangi gerbitsidlarni qoʻllash sharoitlarini aniqlash va q. x. da qoʻllash usul va tartibqoidalarini tavsiya etish; zararli chigirtkalarning biologik va ekologik xususiyatlarini oʻrganish va ularga qarshi biologik va kimyoviy kurash choralarini ishlab chiqish va boshqalar.

In-t tarkibida: 3 boʻlim (entomologiya, fitopatologiya, patent va joriy etish); 11 lab. (texnika, moyli ekinlar va tut daraxti zararkunandalari; bogʻ, sabzavot ekinlari va dorivor oʻsimliklar zararkunandalarini oʻrganish; q. x. ekinlari zararkunandalari va kasalliklarini prognozlash; oʻsimliklarning kasallik va zararkunandalarga qarshi immunitetini oʻrganish; zararli chigirtkalarni oʻrganish va matematik modellashtirish; chet ellar bilan aloqalar va ilmiytexnika axboroti; iktisodiyot va mexanizatsiya tadqiqotlari); Qoʻqon, Xorazm, Nukus, Qashqadaryo, Surxondaryo filiallari, Namangan qoʻriqxonasi bor. Intga ajratilgan tajriba xoʻjaligi yer maydoni Qibray tumanida 14 ga, Fargʻona tayanch punkti (Bagʻdod tumani Ultarma qishlogʻi)da 65 ga. in-t tashkil etilgandan boshlab, asosan, oʻsimliklarni zararkunanda, kasallik va begona oʻtlardan himoya qilishning uygʻunlashgan kurash choralarini ishlab chiqish muammolari boʻyicha izlanishlar olib bordi va gʻoʻzaning asosiy zararkunandalariga qarshi biologik kurash usulini ishlab chiqsi va ishlab chiqarish ga joriy etdi. Itt faoliyati S. A. Juravskaya, K. I. Mirpoʻlatov, B. G. Aleyev, V. V. Yaxontov, N. S. Mirpoʻlatova, N. G. Zaprometov, F. M. Uspenskiy, S. N. Alimuhamedov, N. M. Mahmudxoʻjayev, Sh. T. Xoʻjayev, F. A. Stepanov, S. B. Zapevalova, Z. Q. Odilov, I. S. Oʻrunov, T. K. Hasanov, K. Asanov, M. X. Komilova, E. L. Alxasyans, U. Rasulov, A. X. Hakimov, M. I. Rashidov va boshqalar olimlar bilan bogʻliq. Intda 70 ga yaqin xodim, jumladan, 6 fan dri, 23 fan nomzodi ishladi (2005). in-t xodimlari tomonidan 39 ta ixtirolar qilingan va patent bilan himoyalangan. in-t olimlari tomonidan oʻsimliklarni himoya qilishga oid ilmiy toʻplam, tavsiyanomalar, uslubiy qoʻllanmalar va boshqalar yaratildi. In-tda ixtisoslashgan ilmiy kengash va aspirantura bor. Ilmiy kutubxona faoliyat koʻrsatadi.

In-t dunyoning yetakchi davlatlari (Rossiya, AQSH, Germaniya, Fransiya, Yaponiya, Shveysariya, Shvetsiya, Ukraina, Belorussiya, Qozogʻiston)dagi ilmiy muassasalar bilan ilmiy hamkorlik aloqalari oʻrnatgan. Murodjon Rashidov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x