MELANOMA

MELANOMA (yun. melas — qora, ota — oʻsma maʼnosini anglatuvchi qoʻshimcha) , melanoblastoma, melanosarkoma — asosan, teri (baʼzan koʻz toʻr pardasi, miya, shilliq pardalar)dagi xavfli oʻsma; qora pigmentlar — melaninlarni ishlab chiqaradigan hujayralar (odatda tugma dogʻlar)dan paydo boʻladi. Melanomaga turli shikastlanishlar, gormonlar ishlab chiqarilishining izdan chiqishi va b. sabab boʻlishi mumkin (etiologiyasi toʻliq oʻrganilmagan). Asosan, … Читать далее

MUROD

MUROD 1 Gʻoziy, Xudovandigor (1326—1389) — Usmonlilar sulolasita mansub Turkiya sultoni (1362—89). Sulton Oʻrxon Gʻoziyning oʻgʻli. Taxt tepasiga kelgan ML birodarlari Ibrohim va Xalillarni qatl etgach, Kichik Osiyoning sharqiy va jan. xududlarini oʻz tasarrufiga kiritadi. Tez orada mamlakatning ilgari qoʻldan chiqqan gʻarbiy yerlarini qaytarib oladi. 1362-y. bolgarlarning Filippopol (Plovdiv) sh. ni zabt etadi. Oradan 2 … Читать далее

IKKI NUQTA

IKKI NUQTA — tinish belgisi. Ustma-ust qoʻyiladigan ikki nuqtadan (:) iborat boʻlib, asosan, quyidagi hollarda qoʻyiladi: 1) uyushiq boʻlaklar oldidan qoʻllanadigan umumlashtiruvchi boʻlakdan soʻng (mas, Yigʻilib keldi butun qishloq: keksa-yu yosh, erkagu ayol); 2) bogʻlovchisiz qoʻshma ran tarki-bidagi gaplarni ajratishni koʻrsatish uchun (Yakun qildim: koʻz yoshlariga ikki bois bor ekan asli); 3) koʻchirma gapdan oldin … Читать далее

KOʻRLAR MAKTABI

KOʻRLAR MAKTABI — koʻr va zaif koʻruvchi bolalar uchun internat maktabi tipidagi maxsus taʼlim-tarbiya muassasasi. Koʻrlar maktabi koʻrlar va zaif koʻruvchilar internat maktabiga boʻlinadi. Oʻzbekistonda birinchi marta 1920-y. nogiron (kar, koʻr, aqli zaif) bolalar uchun internat maktabi sifatida tashkil etilgan. Toshkentda zaif koʻruvchilar uchun 20 oʻquvchidan iborat maktab 1922-y., alohida moslashtirilgan internat maktabi 1935-y. ochilgan. … Читать далее

KOʻZ KASALLIKLARI

KOʻZ KASALLIKLARI — koʻz soqqasi, qovoq, konyunktiva, koʻz yoshi aʼzolari va koʻz kosasi kasalliklari. Yaqindan va uzoqdan koʻrolmaslik, koʻz astigmatizma x. am Koʻz kasalliklariga kiradi. Koʻz kasalliklari tugʻma va hayotda orttirilgan, yuqumli va yuqumsiz, utkir va surunkali, bitta yoki ikkala koʻzda boʻladi. Organizmning umumiy kasalliklari: infeksion (sil, zaxm, revmatizm, gripp, difteriya, tiflar va b.), parazitar … Читать далее

XOLETSISTIT

XOLETSISTIT (yun. chole oʻt va kystis — pufak) — oʻt pufaginyant yalligʻlanishi. Ovqat hazm qilish sistemasining keng tarqalgan kasalliklaridan biri. Koʻproq oʻrta va keksa yoshdagi ayollarda uchraydi. Aksariyat oʻtpgosh kasalligida kuzatiladi. Oʻt pufagi funksiyasining buzilishi (diskineziya), unda tosh paydo boʻlib, oʻt toʻxtab qolishi, ovqatlanish xususiyatiga bogʻliq holda oʻt tarkibining oʻzgarishi, kam harakatlanish, surunkali qabziyat, homiladorlik, … Читать далее

TERI

TERI — odam va hayvonlar tanasining tashqi qoplami. Organizmni tashqi taʼsirotlardan himoya qiladi, sezish, moddalar almashinuvi, organizmdan keraksiz moddalarni chiqarish, termoregulyatsiya va b. da qatnashadi. Katta yoshdagi odamda Teri satqi 1,5 — 2 m2, qalinligi gavdaning turli joyida turlicha boʻlib, 0,5 mm dan 2 mm gacha. Kaft va tovonda 4 mm ga yetadi. Teri butun … Читать далее

OʻTKIR RESPIRATOR KASALLIKLAR

OʻTKIR RESPIRATOR KASALLIKLAR — viruslar qoʻzgʻatadigan, kelib chiqishi bir-biriga oʻxshash oʻtkir infeksion kasalliklarning umumiy nomi. Nafas yoʻllari (burun, hiqildoq, kekirdak, bronxlar) shilliq pardalari, koʻz shilliq pardasi — konyunktivaga zarar yetishi bilan kechadi. Oʻtkir respirator kasalliklarning qoʻzgʻatuvchilariga adenoviruslar, paragripp viruslari, rinoviruslar va boshqalar kiradi. Oʻtkir respirator kasalliklarning ayrim (sporadik) guruhlari koʻproq kuzatiladi, lekin ular aholining butun … Читать далее

KONYUNKTIVA

KONYUNKTIVA (lot. conjunctivus — biriktiruvchi) — koʻz shilliq pardasi. Yuqori va pastki qovoqlarning ichki (koʻz soqqasiga qaragan) sathini va koʻzning oqsil (oq) pardasini bekitib turadi. Qovoqlar ust tomondan yupqa teri b-n, koʻzning ichki yuzasiga qaragan sathi esa shilliq parda — K. bilan qoplangan. Konyunktivalar ichkarida koʻz soqqasiga yopishadi. Yuqori qovoqning shilliq qavatida 30—40, pastki qovoqning … Читать далее

KONTUZIYA

KONTUZIYA (lot. contusio — lat yeyish) — zarba natijasida shikastlanish; butun aʼzoi badan (yoki tananing koʻp qismi) lat yeganda organizmning umumiy shikastlanishi. Kontuziya koʻproq havoda yoki suvda kuchli portlash roʻy berganda yuzaga keladigan qattiq toʻlqin taʼsirida paydo boʻladi: Qattiq narsa bilan urganda, zarang yerga yiqilganda, qattiq kaltaklash natijasida (koʻz K. si), atmosfera bosimi va vibratsiyaning … Читать далее