KONYUNKTIVA

KONYUNKTIVA (lot. conjunctivus — biriktiruvchi) — koʻz shilliq pardasi. Yuqori va pastki qovoqlarning ichki (koʻz soqqasiga qaragan) sathini va koʻzning oqsil (oq) pardasini bekitib turadi. Qovoqlar ust tomondan yupqa teri b-n, koʻzning ichki yuzasiga qaragan sathi esa shilliq parda — K. bilan qoplangan. Konyunktivalar ichkarida koʻz soqqasiga yopishadi. Yuqori qovoqning shilliq qavatida 30—40, pastki qovoqning ichki yuzasida 20—30 ta mayda koʻz yoshi bezchalari joylashgan. Ular ajratgan suyuqlik K. ni, shilliq parda sathini va koʻz muguz pardasini toʻxtovsiz namlab, qurib qolishdan sakdab turadi (yana q. Koʻz).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x