MUROD

MUROD 1 Gʻoziy, Xudovandigor (1326—1389) — Usmonlilar sulolasita mansub Turkiya sultoni (1362—89). Sulton Oʻrxon Gʻoziyning oʻgʻli. Taxt tepasiga kelgan ML birodarlari Ibrohim va Xalillarni qatl etgach, Kichik Osiyoning sharqiy va jan. xududlarini oʻz tasarrufiga kiritadi. Tez orada mamlakatning ilgari qoʻldan chiqqan gʻarbiy yerlarini qaytarib oladi. 1362-y. bolgarlarning Filippopol (Plovdiv) sh. ni zabt etadi. Oradan 2 yil oʻtgach, bolgar shoqi Shishman usmoniylar sultoniga xiroj toʻlovchiga aylanadi. M. I 14-a. ning 70-y. larida poytaxtni Edirne (Adrianopol) ga koʻchiradi. Murod1 1376-y. Vizantiya tasarrufiga oʻtgan Gallipoli ya. o. ni qaytarib oladi; 70—80-y. larda Bolkrndagi barcha yerlarni bosib oladi. 1389-y. ning iyunida Murod1 ulkan armiyasi bilan serb yerlariga kiradi. Kosovo maydonida knyaz Lazar boshlik, serb kuchlari bilan toʻqnashadi (1389-y. 15 iyun). M. I qaror-gohiga Lazar armiyasi haqida maʼlumot bermoqchi boʻlgan serb-krchoq Miloshni olib kelishadi, u tusatdan Murod1 ning yuragiga xanjar sanchadi. Biroq, M. I ning qoʻshini jangda gʻalaba qozonadi. Asirga olingan Lazar jon berayotgan M. I koʻz oʻngida qatl qilinadi. M. I ning toʻngʻich farzandi Boyazid I Yildirim sultonlik shohsupasiga oʻtiradi.

Ad.:Novichev A. D., Istoriya Tursii, t. 1, L., 1963; Petrosyan Yu. A., Osmanskaya imperiya. Moguщyestvo i gibel, Murod, 1990.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x