TERAPIYA

TERAPIYA (yun. therapeia — davolash) — 1) konservativ usullar: doridarmonlar (farmakoterapiya), antibakterial (kimyoterapiya, antibiotikoterapiya) va gormonal moddalar; zardob va vaksinalar, turli ionlovchi nurlar (nur bilan davolash); iqlim, balchiq, mineral suvlar, massaj, elektr toki va b. fizik omillar (sanatoriy va kurortlarda davolash, fizioterapiya, shifobaxsh fizkultura; parhez va b. yoʻllar) bilan davolash; 2) ichki kasalliklar tibbiyoti, ichki … Читать далее

ESHITISH ORGANLARI

ESHITISH ORGANLARI, eshitish aʼzolari — odam va hayvonlar sezgi organlari. Asosiy qismi tovushni qabul qilishga ixtisoslashgan retseptorlar hisoblanadi. Umurtqasiz hayvonlar orasida haqiqiy Eshitish organlari faqat hasharotlarda rivojlangan; koʻpincha ilk sezgi, yaʼni timpanal (toʻgʻrikanotlilar, chala qattiqqanotlilar, kapalaklar), baʼzan xordotonal, jonston va boshqalar organlardan iborat. Timpanal organlar oyoqlarda, qorin yoki koʻkrakda boʻlib, ular traxeyalar yoki havo boʻshliqlari … Читать далее

ESHITISH APPARATLARI

ESHITISH APPARATLARI — tovushni kuchaytirib beradigan asboblar. Eshitish pasayganda, karlikda ishlatiladi (q. Karlik). Hoz. zamon E. a. tovushni quchaytirib berishga asoslangan. Eshitish apparatlari mikrofon, tovush kuchaytirgich va telefondan iborat. Tovushni bevosita suyak orqali oʻtkazib berish uchun quloq orqasiga telefon yoki tovushni havo orqali oʻtkazib berish uchun tashqi eshituv yoʻliga maxsus moslama tiqib qoʻyiladi. Eshituv aʼzosining … Читать далее

YIRTQICHLAR

YIRTQICHLAR, etxoʻr hayvonlar (Carnivora) — sut emizuvchilarning bir turkumi. Kattaligi har xil. Tanasining uz. 20 sm dan (latcha) 3 m gacha (oq ayiq). Ogʻirligi 0,1—700 kg. Bu turkumga, asosan, yirtqich hayvonlar kiradi. Qoziq tishi katta, oziq tishlari oʻtkir. Kurak tishlari kichik va yaxshi rivojlanmagan. Yuqori jagʻidagi oxirgi soxta va birinchi chin oziq tishlarining koʻrinishi oʻzgarib, … Читать далее

FONETIKA

FONETIKA (yun. phonetikos — tovushga, tovush chiqarishga oid; tovushli, ovozli) — 1) tilshunoslikning nutq tovushlarining hosil boʻlish usullarini va akustik xususiyatlarini; boʻgʻin, nutqning pauza bilan ajraluvchi qismlarini oʻrganuvchi boʻlimi. Shu bilan birga, ayrim tilshunoslar Fonetika doirasiga tovush birliklarining yozuvdagi ifodalari (grafika) va maʼnoli birliklarning yozilish qoidalari (imlo)ni ham qoʻshib, uning oʻrganish obyektini yanada kengaytiradilar (rus … Читать далее

FIZIOLOGIYA

FIZIOLOGIYA (yun. physis — tabiat va…logiya) — organizmlar va ular qismlari, sistemalari, organlari, toʻqimalari va hayot faoliyatini oʻrganadigan fan. Oʻrganish obyektiga binoan, odam (q. Odam), hayvonlar (q. Hayvonlar fiziologiyasi) va oʻsimliklar fiziologiyasiga boʻlinadi (q. Oʻsimliklar fiziologiyasi). F. anatomiya, sitologiya, gistologiya va, ayniqsa, biokimyo hamda biofizika bilan uzviy bogʻlangan; u fiziologik jarayonlarni. tushuntiri iщa kimyoviy va … Читать далее

TAQLID SOʻZLAR

TAQLID SOʻZLAR — maʼno va shakliy xususiyatlariga koʻra, alohida guruhni tashkil qiluvchi, kishilar, hayvonlar va b. jonli, jonsiz narsalarning tovushini, harakatholat obrazini taqlidan ifodalovchi soʻzlar. Taqlid soʻzlarning baʼzilari tovushga taqlidni bildiradi, baʼzilari esa harakatholat va hodisa obraziga taqlidni koʻrsatadi. Shunga koʻra T. ye. ning 2 turi farqlanadi: tovushga taqlidni bildiradigan soʻzlar; obraz (tasvir)ga taqlidni bildiradigan … Читать далее

NEVRIT

NEVRIT (nevr… va yun. itis — yalligʻla-nish) — periferik nervlarning yal-ligʻlanishi, bunga infeksion kasalliklar, tana toʻqimalariga shikayet yetishi, moddalar almashinuvining buzilishi, nervning qon bilan taʼminlanishidagi yetishmovchiliklar (Mas, aterosklerozla) va b. sabab boʻladi. Yalligʻlangan nervlar atrofida ogʻriq, muskullar atrofiyayesh yoki falaji, darmonsizlik, sezuvchanlikning buzilishi, harakatning cheklanishi kuzatiladi. Yuz, eshitish, bilak, tirsak va oraliq nervlar Nevriti koʻp … Читать далее

SEZGI ORGANLARI

SEZGI ORGANLARI — organizmga taʼsir qilayotgan tashqi taʼsirotlarni qabul qilish va idrok etishni taʼminlaydigan ixtisoslashgan periferik tuzilmalar. Ular organizm tashki va ichki muhitdan oladigan turli qoʻzgʻalishlarni qabul qilib, bu hakdagi informatsiyani markaziy nerv sistemasiga uzatadi. So. organizmning atrof muhitga yanada moslashishiga imkon beradi. Oʻta ixtisoslashgan qoʻzgʻaluvchanlik tufayli So. faqat maʼlum turdagi taʼsirotning idrok etilishini taʼminlaydi. … Читать далее

TEMIRCHAKLAR

TEMIRCHAKLAR (Tettigonioidea) toʻgʻri qanotli hasharotlar turkumi katta oilasi, 7 mingga yaqin turi maʼlum. Oʻzbekistonda 100 dan ortiq turi uchraydi. Orqa oyoqlari sakrovchi. Koʻpchiligi (asosan, erkagi)ning oldingi qanotida ovoz chiqaruvchi organi bor. Issiq va iliq iqlimli mamlakatlarda tarqalgan. Eshitish organi oldingi oyogʻining boldir qismida joylashgan. Tuxum qoʻygichi qilichsimon, uzun. T. oʻsimlikxoʻr, shuningdek, yirtqichlari ham bor. Oʻrmon … Читать далее