TAQLID SOʻZLAR

TAQLID SOʻZLAR — maʼno va shakliy xususiyatlariga koʻra, alohida guruhni tashkil qiluvchi, kishilar, hayvonlar va b. jonli, jonsiz narsalarning tovushini, harakatholat obrazini taqlidan ifodalovchi soʻzlar. Taqlid soʻzlarning baʼzilari tovushga taqlidni bildiradi, baʼzilari esa harakatholat va hodisa obraziga taqlidni koʻrsatadi. Shunga koʻra T. ye. ning 2 turi farqlanadi: tovushga taqlidni bildiradigan soʻzlar; obraz (tasvir)ga taqlidni bildiradigan soʻzlar. Tovushga Taqlid soʻzlar eshitish bilan, obrazga Taqlid soʻzlar koʻrish bilan aloqadordir, yaʼni tovushga Taqlid soʻzlar ifodalagan tovushni faqat eshitish mumkin (qarsqurs, taq, dukduk, gʻiyq, miyov kabi); obrazga Taqlid soʻzlar ifodalagan holat, harakatni faqat koʻrish mumkin (jivirjivir, liplip, yaltyult, hangmang kabi).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x