CHIGIRTKASIMONLAR

CHIGIRTKASIMONLAR (Acridoidea) — toʻgʻriqanotli hasharotlar turkumining katta oilasi. 10 mingdan ortiqturi bor. Tanasining uz. 9 sm cha; ipsimon moʻylovlari tana uzunligining yarmicha. Kanotlari 2 juft, baʼzan rivojlanmagan yoki butunlay yoʻq. Orqa oyoklari sakrovchi; panjasi 3 boʻgʻimli. Orqa oyoq sonini ustqanotga ishqalab tovush chiqaradi. Eshitish organi qorin old boʻgʻimining yon qismida. Tuxumqoʻygichi qisqa. Tuxumlarini tuproqqa toʻptoʻl … Читать далее

CHIRILDOQLAR

CHIRILDOQLAR (Gryllidae) toʻgʻriqanotlilar turkumiga mansub hasharotlar oilasi. Tropik va moʻtadil mintaqalarda 2 mingdan ortiq turi maʼlum. Sernam oʻtloq yerlarda, poliz va sabzavot ekinzorlarida, xonadonlarda yashaydi. Oʻrta Osiyoning sugʻorma dehqonchilik mintaqalarida koʻpincha dasht chirildogʻi (Acheta deserta Pall.) uchraydi. Erkagining tana uz. 10 — 16 mm. urgʻochisiniki 12—20 mm, kora; tanasi mayda kulrang tuklar bilan krplangan. Orqa … Читать далее

BIOLOKATSIYA

BIOLOKATSIYA (bio…, yun. locusjoy) —hayvonlarning koʻrish, eshitish, hid bilish va b. sezgi aʼzolari yordamida atrof muhitni yoki begona individlar (oʻlja, dushman)ni, ular turgan joy yoki ulargacha boʻlgan masofani aniklash xususiyatlari. Biolokatsiya agar atrofdagi jismlar yoki tovush, hid, issiqlik, yorugʻlik (biror narsadan aks etadigan)lokator hayvon tomonidan qabul kilinishi evaziga sodir boʻlsa, passiv B. ; lokator hayvon … Читать далее

BADANGA SHIKAST YETKAZISH

BADANGA SHIKAST YETKAZISH — jabrlanuvchining badaniga qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida jismoniy zarar yetkazib, tanasining anatomik butunligini yoki aʼzolaridan birining fiziologik funksiyasini buzish. OʻzR JKda Badanga shikast yetkazishning ogʻirlik darajasiga qarab: qasddan badanga ogʻir, oʻrtacha ogʻir, yengil shikast yetkazish, kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan badanga ogʻir yoki oʻrtacha ogʻir shikast yetkazish, zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqib, … Читать далее

SULTONXON TANBUR

SULTONXON TANBUR (asli Sultonxon Hakimov; 1885 — Chimkent — 1922) — oʻzbek sozandasi. Sultonxon Tanbur sozanda akalari bilan birgalikda tanbur chalib yoshligidan mohir ijrochi sifatida shuhrat qozongan. Tabiatan musiqa eshitish qobiliyati va xotirasi kuchli boʻlib, nafaqat milliy musiqa namunalari, balki boshqa xalqlar musiqasining murakkab asarlarini ham nihoyatda tez oʻrganib olardi. 1905—07 y. larda bir qancha … Читать далее

DOSTONCHILIK

DOSTONCHILIK — xalq ogʻzaki poetik ijodidagi qad. epik anʼana. Dastlab qoʻshiq shaklidagi, musiqa asbobisiz kuylanadigan asarlar yaratilgan. Keyinchalik (10 — 11-a. lar) doʻmbira jurligida aytiladiganlari yuzaga kelgan. Dostonchilikning bunday namunalari Kaspiy va Orol dengizlari boʻylaridagi qad. koʻchmanchi turkiy qabilalar orasida vujudga kelgan. Epik dostonlarni yaratuvchi va kuylovchi badihagoʻylar koʻpayib borgan sari ustoz-shogirdlik anʼanalari vujudga kela … Читать далее

STATOTSISTLAR

STATOTSISTLAR (yun. statos — turgan, qarakatsiz va… sista) , eshitish pufakchasi — umurtqasiz hayvonlarning muvozanat organlari; tana qoplogʻichi ostida joylashgan chuqurcha yoki pufakcha shaklida; ayrim hayvonlar (meduza, dengiz tipratikanlari)da tana yuzasiga boʻrtib chiqib turgan qadahsimon oʻsimtadan iborat. S boʻshligʻidagi suyuqlikda 1 yoki bir necha otolitlar (statolitlar) joylashgan. Tana holati oʻzgarganda otolitlar joyidan surilib, pufak devoridagi … Читать далее

TISHLI KITLAR

TISHLI KITLAR (Odontoceti) kitlarning kenja turkumi. Tanasining uz. 1,2—20 m. T. k. tishsiz kitlaraan 1—240 tagacha tishi boʻlishi bilan farq qiladi. Burun teshigi bitta. Bosh suyagining yuz qismi asimmetrik boʻlib, pastki jagʻ kalla suyagidan kalta, uning oldingi qismi harakatsiz birikkan. Tishli kitlarning asosiy moʻljal olish (chamalash) usuli — exolokatsiya. Eshitish va tovush organlari yaxshi rivojlangan. … Читать далее

SIRENLAR

SIRENLAR, dengiz sigirlari (Sirenia) — suvda yashaydigan sut emizuvchi hayvonlar turkumi. Gavdasi urchuqsimon, dum suzgichi gorizontal joylashgan. Uz. 6 m gacha, ogʻirligi 400 kg gacha. Oldingi oyoqlari kurak shaklida, orqa oyoqlari boʻlmaydi; boshi kichik, tumshugʻi toʻmtoq; eshitish va hid bilish organlari yaxshi rivojlangan. Burun teshiklarida klapan bor, quloq suprasi va jun qoplami boʻlmaydi. Tishlari reduksiyaga … Читать далее

SHASHMAQOM

SHASHMAQOM (fors. — olti va maqom) — oʻzbek va tojik xalqlari musiqiy merosida markaziy oʻrin tutgan maqomlar turkumi; parda, ohang, usul, shakl, uslub kabi vositalar bilan oʻzaro uzviy bogʻlangan mumtoz kuy va ashulalar majmui. U muayyan shartsharoitlarda musiqiy folklor hamda kasbiy musiqa yoʻnalishlarida orttirilgan koʻp asrlik ilmiyijodiy tajriba hamda izlanishlar natijasida yuzaga kelgan. Shashmaqom milliy … Читать далее