MOSHESh I

MOSHESh I (Moshesh), Msheshve (taxm. 1786—1870) — basuto (suto) qabilasining oliy (bosh) sardori. Basuto qoʻshini 1852-y. da M.1 qoʻmondonligi ostida ingliz harbiy otryadini tormor etgan. M. I 1868-y. da burlar Basutoning hamma hududini bosib olishi xavfi ostida Buyuk Britaniya protektoratini oʻrnatilishiga rozi boʻlgan. Пост Навигацияси

MONTGOMERI

MONTGOMERI (Montgomery) Bernard Lou (1887—1976) — Buyuk Britaniyaning harbiy arbobi, feldmarshal (1944), Al-Alamayn vikonti (1946). 1908-y. dan armiyada. Sandxerstdagi harbiy akademiyani tugatgan. 1—2-jahon urushlari qatnashchisi. 2-jahon urushida Shim. Afrikadagi 8-armiya (bu armiya AlAlamayn ostonalaridagi jangda gʻalaba qozongan) qoʻmondoni (1942-y. dan). Normandiya, Belgiya, Shim. Germaniyada 21-armiya guruhlari qoʻmondoni (1944— 45); imperiya Bosh shtabi boshligʻi (1946—48), NATO … Читать далее

SEYSHEL OROLLARI

SEYSHEL OROLLARI (Seychelles), Seyshel Orollari Respublikasi (Republic of Seychelles) — Hind okeanida, Afrikaning sharqiy sohili yaqinidagi Seyshel va Amirant o. lari, Aldabra, Farkuar va b. orollarda joylashgan davlat. Mayd. 405 km2. Aholisi 80,1 ming kishi (2002). Poytaxti — Viktoriya sh. (Mae o. da). Davlat tuzumi. SO. — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1993-y. 18-iyunda maʼqullangan va unga … Читать далее

PARRANDACHILIK

PARRANDACHILIK — uy parrandalarini yetishtirish; chorvachiyaikning bir tarmogʻi. Parrandachilikning asosiy mahsuloti — oziq-ovqatga ishlatiladigan tuxum va goʻsht; qoʻshimcha mahsuloti — parranda pati va pari. Parrandalarni soʻyish va uni qayta ishlash chiqindilaridan yem uni ishlab chiqariladi. Parranda goʻngi — qimmatli organik oʻgʻiti. Parrandachilikda tuxum, asosan, tuxum yoʻnalishidagi, qisman goʻsht-tuxum va goʻsht yoʻnalishidagi tovuq zotlari va krosslaridan … Читать далее

POTSDAM

POTSDAM — Germaniyadagi shahar. Brandenburg yerining maʼmuriy markazi. Berlindan jan.-gʻarbdagi koʻllar boʻyida joylashgan. Aholisi 129,8 ming kishi (1998). Transport yoʻllarining yirik tuguni. Xafel daryosi boʻyidagi port. Mashinasozlik rivojlangan. Kimyofarmatsevtika, poligrafiya, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Mamlakatning tarixiy va mada-niy markazlaridan. Kinematografiya va televideniye oliy maktabi, astrofizika rasadxonasi, muzey bor. Potsdam yilnomalarda 10-a. dan tilga olingan. 13-a. … Читать далее

MONTEVIDEO

MONTEVIDEO — Urugvay poytaxti. Montevideo departamentining maʼmuriy markazi. La-Plata qoʻltigʻining shim. sohilida joylashgan. Aholisi 1,4 mln. kishi (1997). Iklimi subtropik, sernam iqlim; yanv. da oʻrtacha t-ra 23°, iyulda 10°. Yillik yogʻin 1000 mm. Montevideoga 1726-y. da ispanlar asos solgan. 1777-y. da Portugaliya, 1807-y. da Buyuk Britaniya bosib olgan. 1816—28 y. larda Braziliya tarkibida boʻlgan. 1828-y. … Читать далее

MALIKRABOT

MALIKRABOT — Navoiy vshyuyatidagi shaharcha. Navoiy tumaninnt markazi (1999-y. 27-maydan). Viloyat markazi Navoiydan 20 km jan. garbda, Zarafshon daryosining chap sohilida. Toshkent — Buxoro — Urganch avtomobil yoʻlining oʻng tomonida, 475 m balandlikda. Aholisi 7500 kishidan ziyod (2003). Asosan oʻzbeklar; shuningdek, tojik, tatar, rus va b. millat vakillari ham yashaydi. Aholisining aksariyat qismi Navoiy sh. … Читать далее

OʻZBEKISTON DAVLAT SANʼAT MUZEYI

OʻZBEKISTON DAVLAT SANʼAT MUZEYI — madaniy-maʼrifiy, ilmiy muassasa; Oʻrta Osiyoda ilk bor tashkil etilgan badiiy muzey. 1918-yilda Toshkent shahrida Xalq un-ti muzeyi sifatida asos solingan; keyinchalik Markaziy badiiy muzey, 1924-yildan Toshkent sanʼat muzeyi, 1935-yildan hoz. nomda. Muzey Toshkentda yashagan knyaz N. K. Romanovning shaxsiy toʻplami (rus va Gʻarbiy Yevropa rassomlari yaratgan portret va tarixiy kartinalar, … Читать далее

TELEVIDENIE

TELEVIDENIE (tele… — va rus. videniye — koʻrish) — fan, texnika va madaniyatning koʻrinadigan axborotlar (harakatlanuvchi tasvirlar)ni radioelektron vositalar yordamida muayyan masofaga uzatish bilan bogʻliq sohasi; axborotlarni tarqatish vositalaridan biri. Insoniyat oʻzi yashab turgan joydan uzokdagi narsalar va voqealarni koʻrish istagi bilan hamisha band boʻlib kelgan. Bu istak koʻp halqlarning afsona va ertaklarida oʻz aksini … Читать далее

TAYSON Mayk Jerald

TAYSON Mayk Jerald (1966.30.6, NyuYork) — professional bokschi, ogʻir vaznda mutlaq jahon chempioni (1987— 1992). 1985-y. dan professional boksga oʻtdi, WBC (Xalqaro boks komiteti) tasnifi boʻyicha ogʻir vaznlilar orasida eng yosh jahon chempioni boʻldi (1986). Tayson har bir uchrashuvni muddatidan oddin — nokaut bilan yakunlagani tufayli «Temir Mayk» nomini oldi. Qonunni buzganligi uchun ozodlikdan mahrum … Читать далее