MONTGOMERI

MONTGOMERI (Montgomery) Bernard Lou (1887—1976) — Buyuk Britaniyaning harbiy arbobi, feldmarshal (1944), Al-Alamayn vikonti (1946). 1908-y. dan armiyada. Sandxerstdagi harbiy akademiyani tugatgan. 1—2-jahon urushlari qatnashchisi. 2-jahon urushida Shim. Afrikadagi 8-armiya (bu armiya AlAlamayn ostonalaridagi jangda gʻalaba qozongan) qoʻmondoni (1942-y. dan). Normandiya, Belgiya, Shim. Germaniyada 21-armiya guruhlari qoʻmondoni (1944— 45); imperiya Bosh shtabi boshligʻi (1946—48), NATO qurolli kuchlari bosh qoʻmondonining 1-oʻrin-bosari (1951— 58). Buyuk Britaniya va chet mamlakatlarning oliy ordenlari kavaleri.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x