MONTEVIDEO

MONTEVIDEOUrugvay poytaxti. Montevideo departamentining maʼmuriy markazi. La-Plata qoʻltigʻining shim. sohilida joylashgan. Aholisi 1,4 mln. kishi (1997). Iklimi subtropik, sernam iqlim; yanv. da oʻrtacha t-ra 23°, iyulda 10°. Yillik yogʻin 1000 mm. Montevideoga 1726-y. da ispanlar asos solgan. 1777-y. da Portugaliya, 1807-y. da Buyuk Britaniya bosib olgan. 1816—28 y. larda Braziliya tarkibida boʻlgan. 1828-y. avg. dan mustaqil Urugvay poytaxti. Montevideo — mamlakatning muhim sanoat, savdo va moliya markazi. Montevideo dagi yirik sanoat korxonalarida mamlakat sanoat mahsulotining 80% ishlab chiqariladi. Oziq-ovqat, neftni qayta ishlash, sement, metallurgiya va shina z-dlari, kimyo (oltingugurt ktasi va oʻgʻitlar i. ch.), farmatsevtika va toʻqimachilik sanoatlari, metallsozlik, elektronika, koʻn-poyabzal korxonalari, mamlakatda eng yirik qogʻoz f-kasi va b. bor. M. da chet el monopoliyalari va banklarining filiallari joylashgan. Montevideo — yirik t. y. va shosse yoʻllar tuguni. Dengiz porti. Aeroporta xalqaro ahamiyatga ega. Chetga goʻsht mahsulotlari, jun, teri xom ashyosi, oʻsimlik yogʻi eksport qilinadi; chetdan mashina va jihozlar, qora metall, neft, oʻrmon maxsulotlari keltiriladi. Montevideo va unga yondosh La-Plata qoʻltigʻi sohillari dengiz ikdimi kurorti r-ni hisoblanadi.

Shahar 3 qism: yangi shahar (maʼmuriy markazni oʻz ichiga oladi) va eski shahar qismi (sanoat korxonalari va ishchilar kvartallari) hamda shim.-sharqiy kurort r-nidan iborat. Montevideo — mamlakatning muhim ilmiy va madaniy markazi. Montevideoda milliy adabiyot akademiyasi, milliy muhandislik akademiyasi, Respublika unti, Urugvay mehnat unti, milliy kutubxona, milliy tarix muzeyi, nafis sanʼat muzeyi va b. muzeylar, botanika bogʻi, te-atrlar bor. Bogʻ va xiyobon koʻp.

Meʼmoriy yodgorliklaridan eski shahar qismida mustamlakachilik davrida qurilgan sobor, ratusha, teatr, parlament binosi va b. saqlangan.

Montevideo shahri. Atlantika okeani sohili (plyaj.)

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x