BURUNDI

BURUNDI, Burundi Respublikasi (frans. Republique du Burundi) — Markaziy Afrikadagi davlat. Mayd. 27,8 ming km2. Aholisi 6,4 mln. kishi (1990-y. larning oxirlari). Poytaxti — Bujumbura sh. Maʼmuriy jihatdan 15 viloyatga boʻlinadi. Davlat tuzumi. Burundi — respublika. Davlat boshligʻi — prezident. 1996-y. 25-iyuldagi davlat toʻntarishi natijasida 1992-y. gi Konstitutsiyaning amal qilishi va Millat majlisi hamda partiyalarning … Читать далее

BRITANIYA IMPERIYASI

BRITANIYA IMPERIYASI — Buyuk Britaniya va unga qaram boʻlgan mustamlakalarni ifodalaydigan tushuncha. 1870-y. lardan rasman qoʻllanila boshlagan. Britaniya imperiyasi tarkibiga Britaniya bilan birgalikda hamma dominionlari va mustamlakalari — Irlandiya (12-a.), Shim. Amerika (Virginiya) (1607), Gollandiya va Shim. Amerikadagi boshqa hududlar (165254; 166567 va 167274), Portugaliya va uning mustamlakalari (17-a. oʻrtalari), Ispaniya mustamlakalari, Kanada, Shim. Amerikaning … Читать далее

BAGAMA OROLLARI

BAGAMA OROLLARI, Bagama Orollari Hamdoʻstligi (Commowealth of the Bahamas) — Mapkaziy Amerikadagi davlat. Karib dengizida, Florida ya. o. ning jan.sharqida. 700 oroldan iborat Bagama arxipelagida joylashgan. Mayd. 13,9 ming km2. Aholisi 284 ming kishi (1996). Aholining oʻrtacha zichligi 1 km2ga 16 kishi. Ularning 80% negrlar va duragaylar. Aholining 58% shaharlarda yashaydi. Mamlakat poytaxti — Nassau … Читать далее

VANUATU

VANUATU, Vanuatu Respublikasi (Ripablik blong Vanuatu) — Tinch okeanning jan.-gʻarbiy qismida joylashgan Yangi Gebrid o. lari (80 oroldan iborat) dagi davlat. Bu orollarning eng yiriklari Espiritu-Santo, Ambrim, Malekula, Maevo, Efate. Mayd. 12 190 km2. Aholisi 189,6 ming kishi (1990-y. lar oxiri). Poytaxti — Port-Vila sh. Maʼmuriy jihatdan 6 provinsiyaga boʻlingan. Davlat tuzumi. V. Respublikasi Buyuk … Читать далее

VALYUTA TANGLIGI

VALYUTA TANGLIGI, valyuta inqirozi — pul-kredit tizimining chuqur izdan chiqishi; mamlakat ichidagi pul muomalasini hamda xalqaro hisobkitoblar doirasini qamrab oladi. Valyuta kursining keskin tebranishlari, mamlakat valyuta rezervlarining tugashi b-n tavsiflanadi. Valyuta tangligi pul-kredit tizimining izdan chiqishi, valyuta kurslarining keskin tebranishlari, valyuta rezervlarining hajm jihatidan sezilarli va tezlikda mamlakat hududidan oqib ketishi, valyutalarning devalvatsiya va revalvatsiya … Читать далее

BARBADOS

BARBADOS (Barbados) — Markaziy Amerikada, Kichik Antil o. larining Barbados o. da joylashgan davlat. Mayd. 430 km2. Aholisi 300 ming kishi (1995). Poytaxti — Brijtaun sh. Davlat tuzumi. Barbados — Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik tarkibida mustaqil davlat. Davlat boshligʻi — Buyuk Britaniya qirolichasi (qiroli), hokimiyatni general-gubernator amalga oshiradi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat ikki palatali parlament; u … Читать далее

VIZANTIYASHUNOSLIK

VIZANTIYASHUNOSLIK, vizantistika — Vizantiyaning tarixi, HUKUQI, tili va madaniy merosini (adabiyoti, falsafasi, sanʼati va b.) oʻrganuvchi gumanitar fanlar majmui. Vizantiyashunoslik alohida bilim tarmogʻi sifatida 19a. 2-yarmida, fanda «Vizantiya» termini qaror topgan chogʻda shakllandi. Lekin Vizantiyashunoslikning ildizlari chuqur boʻlib, u uzoq oʻtmishga borib taqaladi. Vizantiyadan tashqarida uning madaniyati va tarixiga qiziqish ilk oʻrta asrlardayoq tarixiy taqdirlari … Читать далее

VIRGINIYA OROLLARI

VIRGINIYA OROLLARI — VestIndiyadagi (100 ga yaqin) mayda orollar. Buyuk Britaniya (mayd. 153,4 km2, axoliyey 13 ming kishi, 1987; maʼmuriy markazi — RodTaun sh.) va AQSH (mayd. 355 km2, aholisi 104 ming kishi, 1993; maʼmuriy markazi — Sharlotta-Amaliya sh.) mulki. Aholisi negr va mulatlar. V. o. neogen davri ohaktoshlaridan tuzilgan, relyefi tekislik. V. o. da … Читать далее