MUVAQQAT HUKUMAT

MUVAQQAT HUKUMAT ( Rossiyada) — imperator Nikolay II taxtdan agʻdarilgandan soʻng barpo etilgan 1demokratik hukumat. Fev. inqilobidan soʻng Davlat dumasi aʼzolari Muvaqqat (Vaqtli) komitet tomonidan, Petrosovet rahbarlarining roziligi b-n, taʼsis majlisi chaqirilgunga qadar tuzilgan. Oliy ijroiya-boshqaruv organi qonun chiqarish funksiyalarini ham bajargan. 1917-y. 2(15) martdan 25 okt. (7 noyab.) gacha faoliyat yuritgan; M. h. ning … Читать далее

MAJBURIY DAVOLASH

MAJBURIY DAVOLASH — sudning tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari. Bunday choralar jinoyat qonunchiligi boʻyicha jazo turi hisoblanadi. Majburiy davolash faqat sud orqali amalga oshiriladi. Bunda davolash muddati belgilanmaydi. Majburiy davolashning huquqiy asoslari OʻzR Jinoyat kodeksida bayon qilingan. Majburiy davolashning quyidagi turlari qonunda nazarda tutilgan: a) majburiy ambulatoriya kuzatuvida boʻlish va ruhiy kasallik mutaxassisida davolanish; b) umumiy … Читать далее

MUHAMMAD

MUHAMMAD, Muhammad ibn Abdulloh (570/571, Makka — 632, Madina) — islom dini va birinchi musulmonlar jamoasi asoschisi. Musulmonlar eʼtiqodiga koʻra, Allohning oxirgi paygʻambari va uning elchisi. Shu maʼnoda uni Rasululloh, Rasuli Akram deb atash odat tusiga kirgan. Baʼzi diniy manbalarda Muhammadning 99 nomi keltiriladi. Islom taʼlimotiga koʻra, Muhammad nomini aytgan yoki eshitgan kishi «sallalohu alayhi … Читать далее

MONOLOGIK NUTQ

MONOLOGIK NUTQ — soʻzlovchining oʻziga qaratilgan, boshqa shaxsning tinglash va javob berishini eʼtiborda tutmaydigan nutq shakli. Ayrim dramatik asarlarda personajning Monologik nutqi tomoshabinga qaratilgan boʻladi. Monologik nutq nasriy asarlarda ham bor. Nazmda esa asosiy nutq shakllaridan biri hisoblanadi. Baʼzan Monologik nutqda asarning kulminatsion nuqtasi bayon etiladi. Monologik nutq uchun, odatda, tuzilish va mazmun jihatdan oʻzaro … Читать далее

MILL Jon Styuart

MILL Jon Styuart (1806.20.5, London — 1873.8.5, Avinyon) — ingliz faylasufi, iqtisodchi va jamoat arbobi. Ost-Indiya kompaniyasida (1823—58) xizmat qilgan. 1865—68 y. larda parlament aʼzosi . Liberal va demokratik islohotlarni qoʻllab-quvvatlagan. Millning dunyoqarashi D. Rikardo, I. Bentam, J. Berkli, D. Yum va b. ning falsafiy, iqtisodiy nazariyalari taʼsirida shakllangan. U murosali siyosat va davlatning iqtisodiyotga … Читать далее

MERKATOR

MERKATOR (Mercator; Kremerning lotinlashtirilgan familiyasi) Gerard (1512.5.3-1594.2.12) – flamand xaritagrafi. Aniq optik asboblar tayyorlash va xaritalar nashr qilish bilan shugʻullangan. 1552-y. Duysburg sh. (Germaniya)ga koʻchib oʻtgan. Mavjud xaritagrafik materiallarni tanqidiy qarab chiqib, Merkator xaritalar tuzishning yangi, matematik asoslangan prinsiplarini, xususan bir nechta xaritagrafik pro-yeksiyalarni taklif etdi; bulardan eng mashhuri teng burchakli silindrik proyeksiya asosida tuzilgan … Читать далее

MENEJMENT

MENEJMENT (ing. managment — boshqarish, tashkil etish) — maxsus boshqarish faoliyati; boshqarish toʻgʻrisidagi fan. M. ning holati i. ch. samaradorligiga, texnika va texnologiya darajasi hamda ishchi kuchining sifatiga taʼsir koʻrsatadi. Menejment fanining maz-muni boshqaruv tizimi va boshqaruv obyekti orasidagi oʻzaro munosabat boʻlib, uning asosiy vazifasi boshkaruvning zamonaviy usullarini, rahbarlik sanʼati sirlarini urganishdan iborat. Boshqaruv — … Читать далее

MANBASHUNOSLIK

MANBASHUNOSLIK — tarixiy manbalarni [q. Manbalar (tarixiy)] izlab topish, qayd etish, toʻplash, oʻrganish va qoʻllanish nazariyasi va amaliy usullari haqidagi fan. M. tarixshunoslikda yordamchi fan sohalari (arxeografiya, arxivshunoslik, genealogiya — nasabshunoslik, metrologiya — oʻlchovshunoslik, epigrafika, tekstologiya — matnshunoslik, xronologiya — davrshunoslik, geraldika — gerbshunoslik, numizmatika — tangashunoslik va sfragistika — muhrshunoslik) qatorida yetakchi oʻrinda turuvchi … Читать далее

MUSHKETOV Ivan Vasilyevich

MUSHKETOV Ivan Vasilyevich [1850.9 (21).1, Alekseyevskaya stanitsasi, hoz. Volgograd viloyati — 1902.10(23). 1, Peterburg] — rus geologi va geografi. Peterburg konchilik in-tini tugatgan (1872), 1877-y. dan Geologiya qoʻmitasi adyunkt-prof. 1874-75, 1877-80 y. larda Oʻrta Osiyoning geol. sini oʻrganib, bir necha foydali qazilma konlarini ochgan. Ilmiy izlanishlari natijasini «Turkiston» asarida (1—2 t., 1886-1906) bayon etdi. M. … Читать далее

MENANDR

MENANDR (Menandros; mil. av. 343 — 291) — yunon dramaturgi. Ellinizm davri adabiyotining yirik vakili. Menandr Afina hayotining ijtimoiy va siyosiy masalalaridan koʻra insonning shaxsiy turmushi manzaralarini kengroq yoritishga intilgan. 100 dan ortiq komediyasidan bizgacha saqlangan «Hakim sudi», «Qirqilgan soch», «Samoslik ayol» va b. asarlarida qahramonlarning ichki dunyosi, dardu alamlari, sevinch va shodliklari tasvirlangan. Menandr … Читать далее