MUSHKETOV Ivan Vasilyevich

MUSHKETOV Ivan Vasilyevich [1850.9 (21).1, Alekseyevskaya stanitsasi, hoz. Volgograd viloyati — 1902.10(23). 1, Peterburg] — rus geologi va geografi. Peterburg konchilik in-tini tugatgan (1872), 1877-y. dan Geologiya qoʻmitasi adyunkt-prof. 1874-75, 1877-80 y. larda Oʻrta Osiyoning geol. sini oʻrganib, bir necha foydali qazilma konlarini ochgan. Ilmiy izlanishlari natijasini «Turkiston» asarida (1—2 t., 1886-1906) bayon etdi. M. Oʻrta Osiyoning geologik va orografik tavsifini yezdi. Sirdaryo vodiysini oʻrgandi. 1881-y. da G. D. Romanovskiy bilan birgalikda Turkistonning geologik xaritasini tuzdi. Mushketov, shuningdek, Kavkazning geologik tuzilishi, muzliklari, mineral suvlari va foydali kazilmalarini oʻrgandi. 1887 i. Verniy (hoz. Olmaota) sh. da boʻlib oʻtgan kuchli zilzilaning sabab va oqibatlarini tadqiq etdi. Mushketov «Fizik geologiya» qoʻllanmasini ham yozgan (1888—91). Mushketov nomiga Sibir, Oʻrta va Markaziy Osiyoda bir qancha geografik obyektlar (Mushketov togʻi, Mushketov muzligi va b.) qoʻyilgan.

As: «Fizicheskaya geologiya» (ch. 1—2, SPB, 1888—91, oxirgi nashri 1935); Vernenskoye zemletryaseniye 1887, SPB, 1890.

Ad.: Vayner L. A., I. V. Mushketov i yego rol poznanii geologii Sredney Azii, T., 1954.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x