MEGASPOROFILL

MEGASPOROFILL (mega va sporofill) — faqat megasporangiy hosil qiladigan barg; mas, har xil sporali plaunsimonlar (lepidodendronlar, selaginellalar va b.)da, sagovniklarda. Yopiqurugʻli oʻsimliklarda Megasporofill, mevabargga oʻxshaydi. Пост Навигацияси

POMIDOR

POMIDOR (ital. pomudoro, porno dʻoro — oltin olma) (Lucopersicon) — ituzumdoshlar oilasiga mansub bir va koʻp yillik oʻtsimon oʻsimliklar va yarim butalar turkumi, sabzavot ekini. 3, baʼzi maʼlumotlarga koʻra 7 turi mavjud. Oddiy — yeyiladigan Pomidor (L.eskulentum) jahondagi deyarli barcha mamlakatlarda (ochiq va himoyalangan yerlarda) ekiladi. Jahon boʻyicha ekin maydoni 3,5 mln. ga, hosildorligi 268,6 … Читать далее

PERU GʻOʻZASI

PERU GʻOʻZASI, Janubiy Amerika gʻoʻzasi, si-aylend goʻzasi (Gossypium barbadense L.) — madaniylashtirilgan gʻoʻza turi. Genomi (AD)2, xromosomalar soni 2p=52. K. Linney taʼriflab bergan (1753). Jan. Amerikada (Peru, Boliviya, Shim. Braziliya, Ekvador, Kolumbiya), Misr, Sudan, Nigeriyada tarqalgan. Peru gʻoʻzasining madaniylashtirilgan shakllari koʻpgi-na mamlakatlarda uzun tolali gʻoʻza navlari sifatida ekiladi. Peru gʻoʻzasi — yi-rik yoki oʻrtacha monopodial … Читать далее

KITOB SURXAGI

KITOB SURXAGI, Surxak, Gov surxak — xalq seleksiyasida chiqarilgan eng ertapishar xoʻraki uzum navi. Vatani—Markaziy Osiyo. Ekologik-geografik jihatdan Sharqiy guruh navlariga kiradi. Bargi oʻrtacha (oʻz. 15 sm, eni 15 sm), shakli dumaloq, 5 boʻlakli, oʻrtacha kertikli. Guli 2 jinsli. Uzum boshi yirik, ogʻirligi 400—500 g, shakli konussimon, shingillari zich. Gʻujumlari yirik (ayrim yirik gujumlari 27 … Читать далее

KATTA GʻOʻZA BITI

KATTA GʻOʻZA BITI (Acyrthosiphon gossypii Mordv.) — afidiidlar oilasiga mansub qanotli yoki qanotsiz hasharot. Tanasining uz. 3,5—4,0 mm. Qanotli va qanotsiz tirik tugʻadigan urgʻochilari och-yashil yoki sariq tusda boʻlib, koʻzlari qizil. Shira chiqazuvchi naychalari va dumi ingichka, tana uzunligining yarmicha keladi. Tuxum qoʻyuvchi urgʻochisi sariqqoʻngʻir tusli. Yil davomida bir necha partenogenetik (urugʻlanmasdan tugʻish) va bitta … Читать далее

MIKROSPORANGIY

MIKROSPORANGIY (mikro… va sporangiy) — koʻp hujayrali organ. Har xil sporali qirqquloqsimonlar va urugʻli oʻsimliklarda bulib, mikrosporalarni hosil qiladi. Selaginella va sigillyariyalar Mikrosporangiyi maxsus barg qoʻltigʻida yoki ularning ustki tomonida, ochiq urugʻli oʻsimliklarda esa mikrosporofillarda bittadan joylashadi. Пост Навигацияси

MARMAR KISHMISH

MARMAR KISHMISH, marmari, yerevani — marmar rangli urugʻsiz mayizbob uzum navi. Vatani — Armaniston. Oq kishmishning vegetativ oʻzgarishidan yuzaga kelgan deb hisoblanadi. Sharqiy ekologik geografik navlar guruhiga mansub. Bargi oʻrtacha dumaloq, toʻqyashil, 3—5 boʻlak, chetlaridagi tishlari arrasimon, keng asosli, tuksiz. Guli ikki jinsli. Uzum boshi yirik (oʻrtacha ogʻirligi 400 g, boʻyi 22, eni 15 sm), … Читать далее

PALMADOSHLAR

PALMADOSHLAR, palmalar (Palmae yoki Agesaseaye) — bir pallali daraxtsimon oʻsimliklar oilasi. Tropik va qisman subtropiklarda oʻsadigan 240 tacha turkumi, 3400 tacha turi maʼlum. Palmadoshlarning koʻp turlari Osiyoda (Indoneziya), Afrika va jan. Ameri-kada, Palmadoshlarning past boʻyli turi esa Yevropada tarqalgan. Koʻpincha shoxlamay tik oʻsadi. Tanasining boʻyi 60 m cha, diametri 1 m ga yetadi. Baʼzi turlari … Читать далее

TUT

TUT (Morus) — tutdoshlar oilasiga mansub daraxtlar turkumi; mevali daraxt; Oʻzbekistonda 5 turi oʻstiriladi. Oq T. (M. alba) va qora Tut (M. migra) mevasi isteʼmol qilinadi. Sershox Tut (M. multicaulis), kagayama Tut (M. Kagayame) va ipak qurti T. i (M. bonabycis) turlaridan, asosan, ipak kurti boqishda foydalaniladi. Tut tez oʻsadi, qurgʻoqchilik va sovuqqa chidamli. Shoxshabbasi … Читать далее

MAGNOLIYA

MAGNOLIYA (Magnolia) — magnoliyadoshlar oilasiga mansub doim yashil yoki barg toʻkadigan daraxtlar turkumi. Sharqiy va Jan.-Sharqiy Osiyo, Shim. Amerikaning jan.-sharqi hamda Markaziy Amerikada 80 ga yaqin turi bor. Oʻzbekistonda 3 turi manzarali oʻsimlik sifatida oʻstiriladi. Shundan yirik gulli Magnoliya doim yashil manzarali daraxt sifatida tarqalgan. Oʻzbekistonda oʻstiriladiganining bargi kuzda toʻkiladi. Boʻyi 10—13 m oraligʻida. Barglari … Читать далее