METAMORFOZ

METAMORFOZ (yun. metamorphosis — oʻzgarib qolish) — hayvonlarda Metamorfoz, yaʼni metaboliya — organizm tuzilishining tubdan oʻzgarishi. Metamorfoz tufayli lichinka voyaga yetgan organizmga aylanadi. Metamorfoz koʻpchilik umurtqasizlar, ayrim umurtqalilar — minogalar, ayrim baliklar (ikki xil nafas oluvchilar), suvda va qurukdikda yashovchilar uchun xos. Metamorfoz, odatda, ontogenezda hayvon yashash tarzining keskin oʻzgarishi, mas, suvda hayot kechirishdan quruklikka … Читать далее

PEKIN KARAMI

PEKIN KARAMI (Brassica pekinensis) — karamguldoshlar oilasiga mansub bir yillik sabzavot ekini. Vatani — Xitoy va Yaponiya. P. k. ning bandi yoʻq. Bargi asoslari ildizga yaqin joyda qisman zich joylashgan. Karam boshlari uz. 30—45 sm, diametri 8—10 sm. Barg uz. 30—60 sm, qirralari toʻlqinsimon, barg shapalogi mayin. Rangi och yashil, bir oz tukli. Pekin karami … Читать далее

MOLUKKA OROLLARI

MOLUKKA OROLLARI — Malay arxipelagining sharqiy qismidagi orollar guruhi. Indoneziya hududi. Sulavesi va Yangi Gvineya o. lari oraligʻida. Mayd. 83,7 ming km2. Shim. dan janub va jan.sharqqa 1300 km maso-faga choʻzilgan. Yirik orollari: Xalmaxera, Seram, Buru. Yer yuzasi togʻlik, eng baland joyi — 3019 m, Binaya togʻi (Seram o. da). Tez-tez zilzila boʻlib turadi. Vulkan … Читать далее

POYA

POYA, tana (caulis) — oʻsimlikning shox, barg va gullari joylashgan asosiy oʻqi. Boʻgʻim (barg oʻrni) va boʻgʻim oraliqlaridan iborat. Poya ildiz bilan barglar ora-sida moddalar harakatini taʼminlaydi. Baʼzi oʻsimliklarning poyasi metamor-fozlashgan (shakli oʻzgargan) boʻlib, suv va oziq moddalarni toʻplash (kartoshka), himoya (doʻlana va yantoklarning tikanlari), ilashish (tok va oshkrvoklarning jingalagi), vegetativ koʻpayish (ajriq, qulupnay poyalari) … Читать далее

MANZARALI OʻSIMLIKLAR

MANZARALI OʻSIMLIKLAR, dekorativ oʻsimliklar — kishilarning estetik ehtiyojlarini qondirishda foydalaniladigan turli botanik oilalarga mansub madaniy va yovvoyi oʻsimliklar guruhi. Manzarali oʻsimliklar shahar va qishloqlarni koʻkalamzorlashtirish, istirohat bogʻlari, ijtimoiy, i. ch. binolari va turar joylarni bezatish, guldastalar yasash uchun oʻstiriladi. Chiroyi, barglari, gullari, mevalari rangi, tanasining gʻaroyib shakllari (shoxlari osilgan, soyabonsimon, us-tunsimon) bilan tavsiflanadi. Bir qator … Читать далее

MAKROSPORIOZLAR

MAKROSPORIOZLAR — oʻsimliklarning keng tarqalgan zamburugʻli kasalliklari. Zararlangan oʻsimlik poya va barglarida turli shakl, tus va kattalikda qora gʻuborli dogʻ (ulik hujayra)lar paydo boʻladi. Macrosporium avlodiga mansub har xil tur zamburugʻlar vujudga keltiradi. Konidiyalar bilan tarqaladi. Gʻoʻza M. ida (qoʻzgʻatuvchisi M.nigricantum) yer ustki organlari: urugʻbarg, koʻsak, tola, shuningdek, bar-glar, barg bandlari, gulyonbarglari zararlanadi. Urugʻpalla, chinbarglarda … Читать далее

MUSHMULA

MUSHMULA (Mespilus) — raʼnodoshlarga kiruvchi mevali daraxt. 2 turi mavjud: 1) Yapon Mxi yoki lokva — bu doim yashil oʻsimlik vatani — Sharqiy Osiyo. Daraxt bal. 6—8 m, tanasining va shoxlarining rangi toʻqkulrang. Barglari yirik, dagʻal, shakli uzun-choq, baʼzan ovalsimon, uchi oʻtkir, yuzasi yaltiroq, yaproqning ostki tomoni tukli. Mushmula kech kuzda yoki qish boshida gullaydi. … Читать далее

MAKKAJOʻXORI

MAKKAJOʻXORI (Zea mays L.) – bo-shokdoshlar oilasiga mansub bir yillik oʻtsimon oʻsimliklar turi, don va yem-xashak ekini. M. Yer sharidagi yovvoyi holda oʻsmaydigan eng qad. ekinlardan biri. Vatani—Markaziy va Jan. Amerika. Dastlab Meksika hududida qad. mayya va astek qabilalari tomonidan mil. dan 5200 yil avval dehqonchilikdaekilgan. Yevropaga 15-a. oxirida keltirilgan. Makkajoʻxori ekiladigan xududlar shim. kenglikning … Читать далее

MINGDEVONA

MINGDEVONA (Hyoscyamus L.) tomatdoshlar oilasiga mansub oʻsimliklar turkumi. Boʻyi 1,5 m gacha. Po-yasi shoxlangan, sertuk. Birinchi yili uzun bandli ildiz boʻgʻiz, toʻpbarg, ikkinchi yili poya oʻsib chiqadi. Poyadagi barglari tuxumsimon, 3—7 boʻlakli, bandsiz, ketma-ket joylashgan. Gullari sargʻish, uchi keng, poya uchida toʻpgul hosil qiladi. Mevasi ikki xonali, koʻp urugʻli, koʻzachasimon koʻsakcha. Oʻrta Osiyo, Sibir, Kavkaz, … Читать далее

MUSTELINUM GʻOʻZASI

MUSTELINUM GʻOʻZASI (Gossypium mustelinum Miers ex Watt.) — yovvoyi gʻoʻza turi. Genomi (AD)4, xromosomalar soni 2p=52. Birinchi marta Gardner taʼriflab bergan (1888). Jan. Brazili-yaningtogʻli joylarida uchraydi. Mustelinum gʻoʻzasi koʻp yillik, oʻsuv shoxlari kuchli rivojlangan, juda kalta tuklar bilan qoplangan buta. Hosil shoxlari kalta, 2—3 boʻgʻimli. barglari yashil, yirik, barg plastinkasi 3 ta, tuxumsimon-uchburchak, uchi nishtarsimon, … Читать далее