SHIMPANZE

SHIMPANZE (Rap) — odamsimon maymunlar oilasiga mansub urug. Boʻyi 150 sm gacha, vazni 50—60 kg (pakana Shimpanze ancha kichik). Oddingi oyoqlari orqadagisiga nisbatan uzun, panjasi tor, 1-barmogʻi kalta, boshqalari uzun. Orqa oyogʻi barmoqlari oʻrtasida qisqa teri parda bor. Jun rangi qora, boshi kichikroq, dumaloq, yuz skeleti bir oz oldinga boʻrtib chiqqan. Bosh miyasi 350— 550 … Читать далее

SIKADALAR

SIKADALAR, jizildoqlar, saratonlar (Cicadinea) — tengqanotlilar turkumiga mansub hasharotlarning kenja turkumi. 17 ming turi maʼlum. Sikadalar juda serharakat hasharot. Tanasining uz. 25—50 mm. Boshi koʻkrak qismiga harakatsiz birikkan. Murakkab koʻzlaridan boshqa yana 2—3 ta oddiy koʻzi ham bor. Qanotlari bir-biriga binoning stropil tomisimon taxlanib yopiladi, oldingi juft qanotlari orqa qanotlarga nisbatan qalinroq. Moʻylovi va panjasi … Читать далее

TUNDRA

TUNDRA (fincha tunturi — oʻrmonsiz, yalang qir) — Shim. yarim sharning yuqori kengliklaridagi yoʻsin va zamburugʻ, koʻp yillik oʻt hamda butalar oʻsadigan yerlar. Jan. da oʻrmonlar, shim. dan Arktika muz saxrolari zonasi bilan chegaralangan. Tundra doim toʻngib yotgan sovuq iqlimli va sovuq tuprokli oʻlka. Skandinaviya, Ural, Sibir, Alyaska, Kanada shim. dati togʻlarda togʻli Tundra tarqalgan. … Читать далее

TERAK

TERAK (Populus L.) — toldoshlar oilasiga mansub daraxtlar turkumi. Ayrim maʼlumotlarga koʻra, 100 dan ortik, turi bor. 30 ga yaqin turi Yevrosiyo, Shim. Amerika va Shim. Afrikada Tapkalgan. Oʻzbekistonda Terakning koʻkyaproqli Terak yoki zangori bargli Terak (P. pruinosa Schrenk), furot T. i (P. euphratica Olid.), mirzaterak (P. nigra L.), afgʻon Teraki (R. afghanica), oq terak … Читать далее

SEKKIM

SEKKIM — Hindiston tarkibidagi shtat. Sharqiy Himolay togʻlarida. Nepal, Butan va Xitoy bilan chegaradosh. Mayd. 7,3 ming km2. Aholisi 576 ming kishi (2001), asosan, bxotiya, lepcha, nepali, ingliz tilida soʻzlashadi. Lepcha va bxotiyalar (30,8%) buddizm (lamaizm) diniga, kalgan xalqlarning koʻpchiligi (66,7%) induizm diniga eʼtiqod qiladi. Maʼmuriy markazi — Gangtok sh. Sekkim hududi Katta Himolay togʻlarining … Читать далее

XARASIMON SUVOʻTLAR

XARASIMON SUVOʻTLAR (Charophyta, charophyceae) — yuksak tuzilgan suvoʻtlar guruhi. Tuzilishi qirqboʻgʻimlarga oʻxshaydi. Boʻyi 1 m gacha. Tanasi boʻgʻimlarga boʻlingan; «poya» va «barg»lardan, har bir boʻgʻimda halqa boʻlib joylashgan kalta silindrsimon shoxchalardan iborat. Har bir halqadagi barglardan birining barg qoʻltigʻidan asosiy poyaga oʻxshagan yon «poya» oʻsib chiqadi. Tanasining pastki qismi balchiqqa yoki qumga botib turadi. Vegetativ … Читать далее

KURTAKXOʻR

KURTAKXOʻR (Gmetocera ocellana F.) – kapalaqlar turkumining parvonalar oilasiga mansub hasharot. Oʻrta Osiyo, Gʻarbiy Yevropa, Uzoq Sharq, Shim. Amerikada tarqalgan. Kapalagi sariqkulrang, oldingi qanotining orqasida keng oq yoʻli bor, qanotlari yozilganda 1,5 sm. Lichinkasi avval oq, keyin pushtirang, oʻz. 10—13 mm. Gʻumbagi oʻz. 6,5—8,0 mm, qorin boʻgʻimlarida tikanlari bor. Qurti oʻz. 9—12 mm, jigarrang. Kurtakxoʻr … Читать далее

OʻRMON ZONALARI

OʻRMON ZONALARI — Shim. va Janubiy yarim sharlarning ekvatorial, tropik, subtropik va moʻtadil mintaqalarining tabiiy landshaftida turli tipdagi oʻrmonlar asosiy oʻrinni egallagan geografik zonalar. Oʻrmon zonalari Yer yuzidagi quruqlikning 30% ga yaqin qismini egallaydi (q. Oʻrmon). Ekvatorial Oʻrmon zonalari ekvatorial mintaqatlsh tabiiy landshaftida oʻrmonlar koʻp boʻlgan tabiiy zona. Asosan, ekvatorning har ikki tarafidagi pasttekisliklarni egallaydi … Читать далее

TAMILNAD

TAMILNAD (1969-y. gacha Madras) — Hindistonning jan. qismidagi shtat, Hind okeanining Bengaliya qoʻltigʻi soxilida. Mayd. 130 ming km2. Aholisi 62,1 mln. kishi (2001), asosiy kismi tamillar. Maʼmuriy markazi — Chennay sh. Shtat hududi Hindiston ya. o. janubiy chekkasining sharqiy qismidagi allyuvial dengizboʻyi tekisligi va Dekan yassitogʻligining jan. chekkasini egallaydi, gʻarbda uni 2500 m gacha balandlikdagi … Читать далее

KOLORADO QOʻNGʻIZI

KOLORADO QOʻNGʻIZI (Leptinotarsa decemlineata Say.) — bargxoʻrlar turkumining qoʻngizlar oilasiga mansub hasharot, ashaddiy xavfli oʻsimlik zararkunandasi. Tanasi oʻz. 9 — 12 mm, yelka va ust qanoti sargʻish yoki sargʻishqizil, oldingi yelkasida 12—14 ta qora dogʻlari bor, qanoti ustidan 5 ta qora chiziq oʻtgan. Tuxumining kattaligi 1,2—1,8 mm, qurti uz. 15—16 mm, pushtiqizil, gʻumbagi 10—12 mm. … Читать далее