TUT

TUT (Morus) — tutdoshlar oilasiga mansub daraxtlar turkumi; mevali daraxt; Oʻzbekistonda 5 turi oʻstiriladi. Oq T. (M. alba) va qora Tut (M. migra) mevasi isteʼmol qilinadi. Sershox Tut (M. multicaulis), kagayama Tut (M. Kagayame) va ipak qurti T. i (M. bonabycis) turlaridan, asosan, ipak kurti boqishda foydalaniladi. Tut tez oʻsadi, qurgʻoqchilik va sovuqqa chidamli. Shoxshabbasi zich, keng yumaloq, oval va piramida shaklida. Boʻyi 15 — 18, baʼzilariniki 20—25 m, yoʻgʻonligi 1,5 m gacha. Katta yoshdagi baland tanali Tut daraxtlaridan 20—40 kg gacha barg, 50—60 kg meva hosili olinadi. Tutning egribugri (ilonoʻt) va pastga qarab oʻsadigan (majnun T.) xillari ham bor. Daraxti 300, ayrimlari 500 yil yashaydi.

Oq T. (q. Balxi tut) va shotut mevasi shirin, shifobaxsh, har xil vitaminlarga boy. Oʻzbekistonda Tut qadimdan ekib koʻpaytiriladi. Yangiligida isteʼmol qilinadi, shinni, murabbo, mayiz, spirtli ichimlik tayyorlanadi. Bargi tut ipak qurti boqishda ishlatiladi. Tut ikki uyli oʻsimlik. Gullari bir jinsli. Tut urugʻidan, qalamchasidan, payvand va parxish qilib koʻpaytiriladi.

Qurt boqish uchun ekiladigan Tut navlari barg hosili moʻl, boʻyi baland, koʻp kallakli yoki buta shaklida oʻstiriladi. Tut novdalari kesilganda tezda yangi novda chiqaradi. Har yili qurt boqish uchun kesilganligi tufayli 60—70 y. da qarib, hosildan qoladi. Bunday Tut yoshartiriladi. Tut tanasi mustahkam chidamli, Tut yogʻochidan bochkalar, beshiklar, novdalaridan savatlar, zambillar, kajavalar, yengil stullar yasaladi. Ipak qurti boqish uchun Tut nihollari va koʻchatlarini yetishtirish, tutzorlar barpo etish — tutchilik pillachilikning muhim sohasi hisoblanadi. 1970—91 y. larda Ipakchilik uHcmumymuda ipak qurti boqishga moʻljallangan Tutning 9 navi (Mankent, Pioner, SANIISH33, Surxtut, Oʻzbekiston va b.) va 3 duragayi chiqarilgan va rnlashtirish uchun davlat reyestriga kiritilgan.

Kasalliklari: bakterioz, vilt, ildiz chirishi, poʻkaklanish va b.

Zararkunandalari: tut odimchisi, tut parvonasi, Komstok qurti, kuzgi tunlam, tripslar, boʻrtma nematodlar, simqurtlar, oʻrgimchakkana.

Oʻlmas Koʻchqorov, Davronbek Xolmatov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x