RUMIN TILI

RUMIN TILI — roman tillarining bolqonroman guruhiga mansub til, Ruminiya Respublikasining rasmiy tili. Ruminiyadan tashqari Moldaviya, Ukraina, Vengriya, Makedoniya, Bolgariya, Gretsiya, Germaniya, Slovakiya, Albaniya, AQSH va Kanadada tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 25 mln. kishiga yaqin. Rumin tilida banat, krishan, valashmoldavan, maramuresh; Ruminiyadan tashqarida makedonrumin, meglanrumin, istrorumin lahjalari mavjud. Rumin tilida flektiv va analitik unsurlar birlashib … Читать далее

RAFAEL

RAFAEL [asli Rafaello Santi (Sansio), Rafaello Santi (Sanzio)] [1483.26 yoki 28.3 (ayrim manbalarga koʻra, 6.4), Urbino — 1520.6.4, Rim] italyan rassomi va meʼmori; R. sanʼatida Yuksak Uygʻonish davriga xos boʻlgan goʻzallik va mukammal dunyo haqidagi ilgʻor qarashlar, hayotbaxsh ideallar uygʻunlikda oʻta aniqlik bilan mujassamlashgan. Ilk asarlaridayoq manzara bilan uygʻunlashgan nafis shakllar Rafaelning yuksak iqtidoridan darak … Читать далее

RADIOIZOTOP DIAGNOSTIKA

RADIOIZOTOP DIAGNOSTIKA — radioaktiv izotoplar va nishonlangan birikmalar yordamida kasallikni aniqlash. Radioizotop diagnostikaning asosiy usuli radioaktiv indikatsiya, yaʼni organizmga yuborilgan radioaktiv moddalarni kuzatib borishdir. Koʻpgina kimyoviy elementlarning radioaktiv izotoplari oʻzidan ionlovchi nurlar chikarib turadi; izotop organizmga yuborilganidan keyin uning taratadigan nurlarini maxsus apparatlar yordamida juda aniqlik bilan qayd qilish mumkin. Zamonaviy radiologik apparatlar radioaktiv birikmalar … Читать далее

ROMANTIZM

ROMANTIZM (frans. romantisme) — 18-a. ning 1-yarmi — 19-a. da Yevropa, shuningdek, Amerika adabiyeti va sanʼatida paydo boʻlgan hamda jahon boʻylab keng tarqalgan oqim. R. ispancha romans soʻzidan olingan boʻlib, bu suz dastlab lirik va qahramonlik mazmunidagi qoʻshiqni, keyinchalik esa ritsarlar haqidagi katta epik asarlarni anglatgan. «Romantik» sifatdoshi 17-a. da roman tillarida yozilgan avantyura va … Читать далее

QURʼON

QURʼON (arab. — oʻqimoq, qiroat qilmoq) — musulmonlarning asosiy muqaddas kitobi. Islom eʼtiqodiga koʻra, Qurʼon vahiy orqali Muhammad paygʻambarga 610—632-y. lar davomida nozil qilingan Allohning kalomi (Kalomulloh). Qurʼon «Kitob» (yozuv), «Furqon» (haq bilan botilning orasini ayiruvchi), «Zikr» (eslatma), «Tanzil» (nozil qilingan) kabi nomlar bilan atalib, «Nur» (yorugʻlik), «Hudo» (hidoyat), «Muborak» (barakotli), «Mubin» (ochiq-ravshan), «Bushro» (xushxabar), … Читать далее

RAQS

RAQS — sanʼat turi. Bunda (raqqosa)ning garmonik tana harakati va holatlari, plastik ifodaviyligi va yuz imoishoralari, ritm, temp, kompozitsiya orqali obraz yaratish Raqsning asosiy vositasidir. Insonning mehnat jarayoni va borlikdan olgan emotsional taassurotlari bilan bogʻliq holda yuzaga kelgan. Dastlab qoʻshiq va soʻz bilan bogʻliq boʻlib, keyinchalik mustaqil sanʼat turiga aylangan. Raqs asrlar davomida takomillashib, barqaror … Читать далее

IDEAL GAZ

IDEAL GAZ — molekulalari oʻzaro mutlaqo taʼsirlashmaydigan gaz; bunda gazni tashkil etuvchi molekulalarning xususiy hajmlari eʼtiborga olinmaydi. Har qanday real gaz zichligi juda kichik boʻlgan hollarda u oʻzining tabiati boʻyicha Ideal gazga yaqinlashib boradi. T-raning katta qiymatlarida, yaʼni molekulalarning oʻrtacha kinetik energiyalari molekulalarning oʻzaro taʼsirlashishi natijasida vujudga kelgan oʻrtacha potensial energiyalaridan juda katta boʻlganda ham … Читать далее

GAZ ANALIZI

GAZ ANALIZI — analitik kimyoning bir sohasi. Bunda gaz aralashmalarining tarkibi sifat va miqdor jihatdan aniklanadi. Gaz aralashmasini analiz qilishda kimyoviy, fizik-kimyoviy va fizik usullar qoʻllaniladi. Kimyoviy reaksiyalarga asoslangan usulda gaz aralashmasida qanday moddalar borligini bilish uchun u maxsus reagentlar (yoki reagent shimdirilgan qogʻozlar)dan oʻtkaziladi. Mac, gaz aralashmasida vodorod sulfid borligini bilish uchun aralashma qoʻrgʻoshin … Читать далее

KOSHIY

KOSHIY (Al-Koshiy) , Gʻiyosiddin Jamshid (taxm. 1430-y. la Samarqandda vafot ettan) — atoqli matematik va astronom. Asli Eronging Koshon sh. dan boʻlib, boshlangich matematik maʼlumotni shu yerda olgan na 15-a. boshida Ulugʻbekning taklifi bilan Samarqandga kelgan; bu yerda Qozizoda Rumiy bilan birga Ulugʻbek rasalxonasi va madrasasi qurilishiga rahbarlik qilgan. K. Ulugʻbek qoʻl ostida ishlagan Husayn … Читать далее

KEMBRIY SISTEMASI

KEMBRIY SISTEMASI (DAVRI), kembriy (Cambria — Uelsning lot. nomi) — Yerning geologik tarixidagi paleozoy eratemasining birinchi davri. Stratigrafik shkalada paleozoy eratemasining ordovik va yuqori proterozoyning vend sistemasi oraligʻida joylashgan boʻlib, fanerozoy eonotemasining quyi paleozoy eratemasiga mansub. Radiologik xronometriya maʼlumotlariga koʻra, kembriyning quyi chegarasi 570 mln. yil, yuqorisi 510 (490) mln. yil qilib belgilangan. Kembriy sistemasi … Читать далее