ULUGʻBEK RASADXONASI

ULUGʻBEK RASADXONASI — Samarqanddagi 15-a. meʼmorligining nodir namunalaridan biri, qoʻxna astronomik kuzatuv muassasasi. Ulugʻbek farmoyishi bilan 1428 — 29 y. da Koʻxak (Choʻponota) tepaligida ulkan silindr shaklida bunyod etilgan; ayrim qoʻlyozmalar («Boburnoma»)ga koʻra, bal. 30,4 m dan iborat 3 qavatli qilib qurilgan. Unda oʻndan ortiq turli astronomik qurilma va asboblar bulgan. Ulardan eng asosiysi radiusi … Читать далее

HAMDOʻSTLIK

HAMDOʻSTLIK (1947-y. gacha Britaniya millatlar hamdoʻstligi) — Buyuk Bri-taniya va uning sobiq koʻpgina dominionlari hamda mustamlakalaridan iborat birlashma. Hamdoʻstlikning huquqiy maqomi 1931-y. Vestminster statuti bilan belgilab berilgan (1947-y. aniqlik kiritilgan). Unda Hamdoʻstlikga aʼzo davlatlarning oʻzaro hamda Britaniya bilan munosabatlari, ularning ichki siyosatda ham, tashqi siyosatda ham mustaqil va tenghuquqli davlat sifatida faoliyat yuritishi oʻz ifodasini … Читать далее

TISHLI UZATMA

TISHLI UZATMA — aylanma harakatni ilgarilama harakatga yoki aksincha aylantirib beradigan, yo boʻlmasa, aylanma harakat uzatadigan 3 zvenoli mexanizm. Uning 2 zvenosi qoʻzgʻaluvchan tishli gʻildirak (shesternya) dar (yoki shesternya va reyka)dan iborat boʻlib, qoʻzgʻalmas zveno (korpus) bilan aylanma yoki ilgarilama harakat uzatuvchi juftlikni hosil qiladi. Tishli uzatmaning silindrik, konussimon, gipoid, toʻlqinsimon va b. shaklli turlari … Читать далее

TUAREG TILLARI

TUAREG TILLARI — somhom tillari oilasining barbarliviya guruhiga mansub tillar. Jazoir Sahroi Kabiri, Mali, BurkinaFaso, Niger, Nigeriya, shuningdek, Liviya va Chadda yashovchi va umumiy soni 1,2 mln. (1990-y. larning oxiri) boʻlgan tuareglar (barbarlar guruhiga mansub xalq) tili. Tuareg tillari, oʻz navbatida, 2 guruhga: shim. va jan. guruhlarga boʻlinib, ularning har biri yana oʻnlab til va … Читать далее

SHVED TILI

SHVED TILI — german tillarining shim. (skandinaviya) guruhchasiga mansub til; Shvetsiya, Finlyandiya, Norvegiya, Daniyada, shuningdek, AQSH va Kanadada tarqalgan. Shvetsiya Qirolligining rasmiy tili, Finlyandiya Respublikasining 2rasmiy tili. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 10 mln. ga yaqin (Shvetsiyaning oʻzida 8,6 mln. dan ortiq) kishi (oʻtgan asrning 90-y. lari). Shved tilining 6 ta lahja guruhi bor: svey (Shvetsiyaning markaziy … Читать далее

HADIS

HADIS (arab. — xabar, gap, yangilik) — Muhammad (sav) aytgan soʻzlari, qilgan ishlari, iqrorlari toʻgʻrisidagi rivoyat. Islom dinida Qurʼ-ondan keyin 2-manba hisoblanadi. Hadis 2 qismdan iborat boʻladi: matn va isnod. H. 2 turga — H. i qudsiy (maʼnosi Alloh taoloniki, aytilishi rasululloh tomonidan boʻlgan Hadislar) va Hadisi nabaviyga boʻlinadi. Hadislar eʼti-borga olinishi jihatidan 3 qismga … Читать далее

HAKAM

HAKAM (sportda) — sport musobaqasini nazorat qiluvchi, uning belgilangan qoidalar asosida oʻtishini taʼminlovchi, qatnashchi sportchilarning natijalarini baholovchi, uchra-shuv paytida yuzaga keladigan nizolarni bartaraf etuvchi, umuman musobaqaning aniq meʼyorlar asosida oʻtishiga masʼul shaxs. H. lar sport turlari musobaqalarida bajaradigan vazifalariga qarab quyidagicha nomlanadi: komissar, nazoratchi Hakam, bosh H., katta Hakam, ikkinchi Hakam, yordamchi Hakam, darvoza ortidagi … Читать далее

SIFATDOSH

SIFATDOSH — feʼlning funksional shakllaridan biri. Sifatlar kabi predmetning belgisini koʻrsatishga xoslangan va xuddi shu xususiyatiga koʻra S. deb yuritiladi. Sifatdosh shakli hoz. oʻzbek tilida, asosan, gan, vchi affikslari yordamida yasaladi: oʻqigan kitoblarim, kurashga tushuvchi yigitlar. gan affiksi feʼlning zamon kursatkichiga ega boʻlmagan shakliga qoʻshilganda, oʻtgan zamon maʼnosini; feʼlning xoz. zamon koʻrsatkichi boʻlgan shakliga qoʻshilganda, … Читать далее

ShEYELE Karl Vilgelm

ShEYELE Karl Vilgelm (1742.9.12, Shtralzund, Germaniya — 1786.21.5, Chyoping) — shved kimyogari. Shvetsiya FA aʼzosi (1775). 1756 — 65 yillarda Gyoteborgdagi dorixonada ishlab, kimyoni mustaqil oʻrgangan. Malmyo (176567), Stokgolm (176869), Upsal (1770 74), Chyoping (1775—86) dorixonalarida ishlagan. Fridrix II taklif qilgan Berlin unti kimyo prof. lavozimini rad etgan. Ilmiy ishlari kimyoning koʻpgina sohalarini oʻz ichiga … Читать далее

GAZ TERMOMETR

GAZ TERMOMETR — t-rani oʻlchash asbobi. Ishi ideal gaz bosimi r yoki hajmi V ning t-raga bogʻliqligiga asoslangan: pV=RT (R — gaz doimiysi). T-ra shkalalarini tuzish t-rani Gaz termometr vositasida oʻlchashga asoslangan. Gaz termometrdan Xalqaro amaliy t-ra shkalasining reper (tayanch) nuqtalarini aniqlashda birlamchi t-ra asbobi sifatida foydalaniladi. Odatda doimiy hajmli Gaz termometrdan foydalaniladi; unda t-raning … Читать далее