MUXTASAR

«MUXTASAR» — Zahiriddin Muxammad Boburntg aruz vazni nazariyasi xaqidagi asari (taxm. 1521—23). Manbalarda «Mu-fassal», «Risolai aruz» deb ham yuritiladi. Unda aruz vaznidagi barcha yutuq va kamchiliklar koʻrsatilgan. Bobur aruzning baʼzi noaniq masalalariga aniqlik kiritdi va uni yangi fikrlar b-n boyitdi, oʻzbek, arab, fors aruzlarini bir-biri bilan qiyoslab, aruz vaznining 248 turini aniqladi. Bobur aruzda zihoflar … Читать далее

MIKROBAROGRAF

MIKROBAROGRAF (mikro… va barograf) — atmosfera bosimining oz-ozdan va tez-tez oʻzgarishini katta aniqlik bilan avtomatik qayd qilib boradigan asbob. M. da membrana (aneroid) li qutichalar bloki sezgir element boʻlib xizmat qiladi. Qutichalar bloki issiqlikdan yaxshilab izolyatsiyalangan mitti barokameraga joylashtirilgan. Qutichalar ichidagi havo atmosfera bilan uzluksiz ulangan boʻladi. Aneroid bloki tashqi havo bilan qutichalar ichidagi havo … Читать далее

PANJARA

PANJARA — meʼmoriy boʻlak; kataksimon toʻqima shakl, toʻsiq. Binolarning eshik, darcha, tuynuk, zinapoyalarida, ayvonlarda toʻsiq va ayni paytda bezak vazifasini oʻtaydi. Turar joy, bogʻlarda, koʻchalarda, uy-roʻzgʻor buyumlarida, amaliy sanʼat va hunarmandlik buyumlarida ham bezak sifatida foydalaniladi. Panjara yogʻoch taxtachalarni, gʻishtni qalab, ganch va metallni quyib va oʻyib, toshni qalab va oʻyib oʻsimliksimon, handasiy shakl hosil … Читать далее

METALLOGRAFIYA

METALLOGRAFIYA (metall va… grafiya) — metallar va qotishmalarning strukturasini tadqiq qilish usuli. Metallografik, makrostruktura va mikrostruktura tadqiq qilish usullari bor. Metallografik usulda metallar yoki metall qotishmalarning tuzilishini (tarkibiy qismlarini) oʻrganish maqsadida ular maxsus usullarda silliqyaanadi, yaltiratiladi va kislotalar (mas, azot kislota) ning suvdagi eritmasi b-n ishqorlanadi. Shunda tashkiliy qismlarning qiyofasi (relyefi) namoyon boʻladi. Makrostruktura bevosita … Читать далее

XOʻJANDIY

XOʻJANDIY (14-a. ning 2-yarmi Xoʻjand — 15-a. boshlari) — shoir, dunyoviy adabiyot vakillaridan biri. X. haqida biografik maʼlumotlar saklanmagan. Bizgacha uning «Latofatnoma» asari yetib kelgan. Asar Xorazmiyshsht «Muhabbatnoma»siga nazira tarzida yozilgan. Doston oʻnta noma (maktuba)dan iborat. Asarda sevgi tarannum etilib, visol ishtiyoqi va hijron iztiroblari tasvirlangan. Tilar boʻlsang jahon ichra amorat. Faqirlar koʻnglini qilgin imorat … Читать далее

XARITAGRAFIYA

XARITAGRAFIYA (yun. kharto — xarita va grafin) — xaritagrafik asarlarni oʻrganish, yaratish va foydalanish bilan shugʻullanuvchi fan, texnika va i. ch. sohasi. Hoz. kunda X. 3 yoʻnalishda: xaritalar vositasida tabiat va jamiyat hodisalarini hududiy joylashuvi, uygʻunligi va oʻzaro aloqalarini aks ettirish va tadqiq etish haqidagi fan; X. asarlarini yaratuvchi va foydalanuvchi texnika va texnologiyalar sohasi; … Читать далее

KLASSITSIZM

KLASSITSIZM (lot. classicus — namunaviy) — antik davrda oʻz rivojining yuqori choʻqqisiga erishgan qad. Yunon va Rim sanʼati merosida shaqllanib, unga taqlid qilish natijasida yuzaga kelgan adabiyot va sanʼatdagi uslub, yoʻnalish. Klassitsizm tarafdorlari 17—19-a. larda Fransiyada, keyinroq Yevropaning boshqa mamlakatlarida Uygʻonish davri anʼanalarini davom ettirgan holda (inson aql zakovatiga ishonish, antik davr yaratgan ideal mutanosiblikni … Читать далее

EYNTXOVEN

EYNTXOVEN Villem (1860.21.5, Samarang, Yava oroli — 1927.29.9, Leydin, Gollandiya) — gollandiyalik fiziolog olim. Elektroneyrofiziologiya fanining asoschilaridan. Utrext un-tini tugattan (1885), 1885-yildan Leydin untida prof. Asosiy ilmiy ishlari elektrofiziologiyaga oid. Eyntxoven ishlab chiqqan elektrokardiogrammalarning matematik tahlil usuli yurak elektrik reaksiyalari mohiyatini oʻrganishga birmuncha aniqlik kiritdi. Eyntxoven kashf etgan simli galvanometr (1903) klinik elektrokardiografiyani tibbiyotda qoʻllashga … Читать далее

KVARS SOATI

KVARS SOATI — vaqtni katta aniqlik bilan oʻlchash va astronomik kuzatishlar uchun moʻljallangan soat. K. s. ning yurayotganligini kvars generatorining tebranishi bilan aniqlanadi. Ishlashi kvars kristalli plastinka halqa yoki brusok (rezonator)ning pyezoelektr xususiyatiga asoslangan. Rezonator bukilsa yoki qisilsa, ustki qatlamida elektr razryadlari hosil boʻladi, va, aksincha, unga oʻzgaruvchan tok keltirilsa tebranib turadi. Pyezoelektr tebranish chastotasidan … Читать далее

EKONOMETRIYA

EKONOMETRIYA (yun. uy xoʻjaligini yuritish sanʼati va …metriya) , ekonometrika — iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilish, iqtisodiy axborotlarga ishlov berishning matematik va iqtisodiystatistik usullarini va modellarini ishlab chiqish va qoʻllash bilan shugʻullanadigan fan; E. iktisodiy hodisa va jarayonlarning aniq miqdoriy qonuniyatlari va oʻzaro aloqalarini matematik va statistik usullar, modellar yordamida oʻrganadi. Ekonometriyada qoʻllaniladigan modellar yordami bilan … Читать далее