RAFAEL

RAFAEL [asli Rafaello Santi (Sansio), Rafaello Santi (Sanzio)] [1483.26 yoki 28.3 (ayrim manbalarga koʻra, 6.4), Urbino — 1520.6.4, Rim] italyan rassomi va meʼmori; R. sanʼatida Yuksak Uygʻonish davriga xos boʻlgan goʻzallik va mukammal dunyo haqidagi ilgʻor qarashlar, hayotbaxsh ideallar uygʻunlikda oʻta aniqlik bilan mujassamlashgan. Ilk asarlaridayoq manzara bilan uygʻunlashgan nafis shakllar Rafaelning yuksak iqtidoridan darak beradi («Ritsar uyqusi», Milliy galereya, London; «Madonna Konestabile», Ermitaj — taxm. 1500—02), «Mariyaning nikohi» asari (1504, Brera) fazoviy yechimi jihatidan ustozi Perujino asarlariga yaqin. 1504—08 y. lar Florensiyada yashab, buyuk sanʼatkorlar (Leonardo da Vinchi, F. Bartolommeo va b.) ijodi, anatomiya va perspektivani oʻrganadi, dramatik voqealarga boy asarlar yaratadi («Tobutga qoʻyish», 1507, Borgoze gal., Rim va b.), koʻplab yaratgan madonnalari unga katta shuhrat keltirdi: «Madonna Granduka» (Pitti, Florensiya), «Bogbon madonna» (Luvr, Parij) va b. 1508-y. dan papa Yuliy II taklifi bilan Rimda yashab, ijod qiladi, antik yodtorliklar bilan tanishadi, arxeologik qazishmalarda ishtirok etadi. Vatikan saroyida devoriy rasmlar turkuminl yaratadi: ularda ozodlik gʻoyalari va insoniy baxt, insonni xar tomonlama jismoniy oʻsishi va ruhiy imkoniyatlarini tarannum etadi, saroy zal (stans)lariga ishlagan freskalari rassomlik sanʼatida monumental rangtasvirning katta yutugʻi, tasviriy sanʼatning meʼmorlik bilan uygʻunligining eng yaxshi namunasi boʻldi. Jumladan, Della Senyatura zalida inson faoliyatining 4 sohasi — din («Munozara»), falsafaAfina maktabi»), sheʼriyat («Parnas»), huquq («Aql, Mezon va Kuch»)ni tasvirlaydi qamda plafonda shu kompozitsiyalarga mos injil va afsonalar mazmuniga oid majoziy shaklli kompozitsiyalar yaratib, ulkan isteʼdod egasi sifatida shuxrat qozondi. Rimda Rafael yetuk portretchi sifatida namoyon boʻddi: «Papa Yuliy II» (taxm. 1510), «Kardinal portreta» (taxm. 1512), «B. Kastilone» (1515—16), «Lev X kardinallar b-n» (taxm. 1518) va b. ; «Madonna Alba» (taxm. 1510—I), «Madonna di Folinyo» (taxm. 1511—12) kabi madonnalar tasvirida ulugʻ tuygʻu — onalik tuygʻusini bera oldi, ayniqsa, «Sikst madonnasi» (1515—19) eng mukammal asar sifatida xavotirlik va oʻta nafosat tuygʻusini uygʻunlashtirgan.

Rafaelning meʼmorlikdagi faoliyati muhim ahamiyatga ega boʻldi; meʼmor Barmante boshlagan Rimdagi Avliyo Pyotr sobori qurilishiga uning vafotidan soʻng Rafael rahbarlik qiddi, qurilishni oʻzining yangi bazilikali loyihasi asosida davom ettirdi. Vatikandagi bir necha binolar Rafael rahbarligida qurilgan, uning loyihasi va rasmlari asosida koʻp binolar, ayniqsa, yirik saroylar barpo etilgan; har bir saroyga oʻziga xos qiyofa va bezaklar berishga intilgan [Rimda Rafael loyihasi asoida aylana tarxli SantElijo deli Orefichi cherkovi (1509-y. dan), SantaMariya del Popolo cherkovining nafis Kiji kapellasi (1512— 20) va palassolar qurilgan], u qurgan binolar salobatliligi va interyerlarining nozikligi bilan ajralib turadi. Uzoq vaktlar davomida betakror sanʼat namunasi mavqeini saqlagan Rafael ijodiga keyingi davr ijodkorlari ideal sanʼat namunasi sifatida takrortakror murojaat etdilar.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x