LAKONIZM

LAKONIZM (yun. lakonismos — qisqalik) — fikrni bayon qilishdagi qisqalik va aniqlik. L. adabiy ifoda vositasi sifatida asarda ortiqcha tafsilotlarga berilmaslikni, mezonni bilish va vazminlikni anglatadi. Tildagi Lakonizm uchun oz soʻz bilan koʻp maʼno bayon etish muhim sanaladi. Hikmatli soʻzlar, topishmoq, maqol, iboralar, shiorlar Lakonizm namunalaridir. Yozuvchi va shoirlar (mas, Abdulla Qodiriy, Ab-dulla Qaxdor va … Читать далее

LAZEROLOKATSIYA

LAZEROLOKATSIYA — Yer sunʼiy yoʻldoshlarigacha boʻlgan masofalarni aniqlash usuli. Lazerolokatsiya prinsipi kvant generatori (lazer)dan chiqqan ingichka va qisqa yorugʻlik impulsining yoʻldoshga borib yetishi va qaytib kelishi uchun ketgan vaqtni oʻlchashga asoslangan. Yorugʻlikning tarqalish tezligi aniq boʻlgani uchun Lazerolokatsiya yoʻli bilan aniqlangan vaqt orqali masofani katta aniqlikda oʻlchash mumkin. Lazerolokatsiya paytida vaqtni oʻlchash uchun kvars soatlari … Читать далее

KONKLAV

KONKLAV (lot. conclave — berk xona) — Rim papasini saylash maqsadida chaqiriladigan kardinayalar yigʻini (1274-y. dan), shuningdek, yigʻin oʻtkaziladigan bino. Yigʻin tashqi dunyodan butkul ajratib qoʻyilgan binoda oʻtadi. Konklav oʻtkazish tartibi 13-a. da papa Grigoriy X tomonidan belgilangan. Keyingi papalar bu tartibga juzʼiy aniqlik va tuzatishlar kiritgan. Papa saylash uchun qatnashchilarning 3 dan 2 qismi … Читать далее

ZIJLAR

ZIJLAR (fors. — boʻyra) — qad. astronomik jadvallar. Oʻrta asrlarda barcha astronomik rasadxonalar oʻz oldiga Quyosh, Oy va oddiy koʻz bilan koʻrinadigan sayyoralarning yulduzlar orasidagi harakatlarini kuzatish, kuzatish maʼlumotlari asosida astronomik doimiylarning qiymatlarini hisoblab topish; Oy va Quyosh taqvimlariga tegishli maʼlumotlarning jadvallarini tuzish; shuningdek, yulduzlarning koordinatalari, yirik aholi punktlari va shaharlarning geografik koordinatalarini aniklab, ularni … Читать далее

IZOMORFIZM

IZOMORFIZM — turli matematik obyektlar bir xil xossalarga ega boʻlishi mumkinligi bilan bogʻliq matematik tushuncha. Hoz. zamon mat. sining analog, model kabi keng tarqalgan tushunchalariga aniqlik kirituvchi termini. Obyektlarning tuzilishi (strukturasi) dagi oʻxshashlik (nisbat) ni ifodalaydi. Mas, algebrada maydon I. i, halqa I. i, gruppa I. i qaraladi. Ik-kita izomorf toʻplam oʻzlarining xossalari jihatdan farq … Читать далее

GEODEZIK TARMOQ

GEODEZIK TARMOQ — yer yuzasida triangulyatsiya, trishteratsiya va poligonometriya asosida barpo etiladigan tarmoq. Aniqligi boʻyicha 4 darajaga boʻlinadi; tarmoqlari 20—25 m dan bir necha yuz metrgacha boʻlishi mumkin. Asosan uchburchak shaklida barpo etiladi. Tarmoqning nuqtalari joyda markazlar bilan belgilanadi. Markazlar esa beton, temir-beton, metalldan yasalishi mumkin. Ular 2—2,5 m chuqurlikdan boshlab quriladi. Markazning ustida yogʻoch … Читать далее

BOBURNOMA

«BOBURNOMA» — jahon adabiyoti va manbashunosligidagi muhim va noyob yodgorlik; uzbek adabiyotida dastlabki nasriy memuar va tarixiyilmiy asar. Muallifi Zahiriddin Muhammad Bobur. Eski oʻzbek (chigʻatoy) tilida yozilgan (taxm. 1518/19—1530). «Boburiya», «Voqeoti Bobur», «Voqeanoma», «Tuzuki Boburiy», «Tabaqoti Boburiy», «Tavorixi Boburiy» kabi nomlar bilan ham maʼlum. Boburning oʻzi esa «Vaqoye» va «Tarix» degan nomlarni ishlatgan. «Boburnoma»da 1494—1529-y. … Читать далее

GRAMM

GRAMM (frans. gramme) — SGS birliklar tizimida massaning asosiy va SI tizimida ulush (0,001 kg) birligi; g bilan belgilanadi. U suvning eng zich boʻladigan t-rasi (4° ga yaqin) da 0,2% gacha aniqlik bilan 1 sm kub kimyoviy sof suv massasiga teng. Пост Навигацияси

GEODEZIK ASTRONOMIYA

GEODEZIK ASTRONOMIYA — amaliy astronomiya boʻlimi; astronomik kuzatish natijalarini geodeziya va xaritagrafiyada qoʻllash usullarini ishlab chiqish bilan shugʻullanadi. Xususan, xaritagrafiya ishlarida yer sirtida tayanch sifatida birorta astronomik punktni aniqlash Geodezik astronomiyaning eng muhim vazifalaridan hisoblanadi. Astronomik punktning geografik uzunlamasi va kenglamasi juda katta aniqlik bilan astronomik kuzatishlar yordamida topiladi. Topografik suratga tushirishlarda ham bunday punkt … Читать далее

GUJAROT TILI

GUJAROT TILI (gujaroti) — hind-yevropa tillari oilasining hind guruhiga mansub til. Hindistonning Gujarot shtatining rasmiy tili, Maharashtra shtatiga tutash hududlarda ham tarqalgan. Unda 47 mln. dan ziyod kishi soʻzlashadi (1990-y. lar oʻrtalari). 3 asosiy dialektga ajraladi: shim. (yoki ahmadobod); gʻarbiy (yoki katxiyavar); jan. (yoki surat). Soʻz yasalishi suffiks, prefiks va soʻzlar qoʻshilishi asosida yuz beradi. … Читать далее