RUMIN TILI

RUMIN TILIroman tillarining bolqonroman guruhiga mansub til, Ruminiya Respublikasining rasmiy tili. Ruminiyadan tashqari Moldaviya, Ukraina, Vengriya, Makedoniya, Bolgariya, Gretsiya, Germaniya, Slovakiya, Albaniya, AQSH va Kanadada tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 25 mln. kishiga yaqin. Rumin tilida banat, krishan, valashmoldavan, maramuresh; Ruminiyadan tashqarida makedonrumin, meglanrumin, istrorumin lahjalari mavjud.

Rumin tilida flektiv va analitik unsurlar birlashib kelgan. Unli tovushlar kattik va yumshoq talaffuz etiladi. Aniqlik artikli otdan keyin keladi; aniqlik va noaniqlik artikllari turlanadi; otlarda jins (rod) kategoriyasi 3 ta: mujskoy, jenskoy, sredniy. Rumin tilida slavyan tillariga xos soʻz yasovchi qoʻshimchalar ishlatiladi; leksikasida xam jan. slavyan tillarining taʼsiri kuchli.

Rumin tili dagi dastlabki yozma yodgorliklar (maktublar, rasmiy ish qogʻozlari, diniy matnlarning tarjimalari) 16-a. boshlariga taalluqli. Adabiy Rumin tilining shakllanishi 17-a. dan boshlangan, badiiy adabiyot esa 18-a. oxirida paydo boʻlgan. Dastlabki davrlarda kirill alifbosidan foydalanilgan, 1860-y. da u lotin alifbosi bilan almashtirilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x