BORTDAGI HISOBLASH MASHINASI

BORTDAGI HISOBLASH MASHINASI — suv osti va suv usti kemalari, aerodinamik va kosmik uchish apparatlari bortiga oʻrnatiladigan hisoblash qurilmasi yoki hisoblash mashinalari majmui. U harakatlanayotgan obyektga (mas, suv osti kemasiga) tashqaridan uzatiladigan hamda bortdagi radiolokatsion, radiotexnik, optik va b. tizimlardan keladigan turli axborotlarni ishlab chiqadi. Bu axborotlar obyektni va uning bortidagi tizimlarni boshqarish, ekipaj aʼzolarining … Читать далее

VEZER

VEZER — Germaniya shim. dagi daryo, Shimoliy dengizga quyiladi. Verra va Fulda daryolarining Myunden sh. yonida qoʻshilishidan hosil boʻlgan. Uz. 440 km (irmogʻi Verra boshidan hisoblaganda 724 km); eng katta irmogʻi — Aller. Havzasining mayd. 46 ming km2. Qor va yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Bahorda toshadi. Oʻrtacha yillik suv sarfi quyi oqimida 312 m3/sek. Kichikroq GESlar … Читать далее

VASILEVSKAYA Vanda Lvovna

VASILEVSKAYA Vanda Lvovna (1905.21.1, Krakov – 1964.29.7, Kiyev) — polyak va rus yozuvchisi, jamoat arbobi. Polyak tilida yozgan. Krakov un-tini tugatgan (1927). «Shu kunning qiyofasi» (1934) qissasi, «Vatan» (1935) romanida ishchi va dehqonlarning 20-a. boshlaridagi hayoti, 2-jahon urushidagi xalq qahramonliklari madh etilgan. Vasilevskaya «Kamalak» (1942), «Chin muhabbat» (1944), «Chiroq yonganda» (1946). «Hayot-mamot kurashida» (1958) qissalari, … Читать далее

VARZOB

VARZOB, Dushanbadaryo — Tojikistonning gʻarbidagi daryo, Kofarnihon daryosining oʻng irmogʻi. Uz. 71 km, havzasining mayd. 1740 km2. Hisor tizmasining jan. yon bagʻridagi (4000 — 4800 m) doimiy qor va muzliklardan boshlanadi. Oʻrtacha yillik suv sarfi 54 mʻ/sek (Dushanba sh.). V. sersuv, maksimal suv sarfi apr. oylariga toʻgʻri keladi. Varzob yuqori qismda tor va chuqur vodiyda, … Читать далее

VABO

VABO (cholera) — ingichka ichakning zararlanishi, intoksikatsiya, umumiy ahvolning ogʻirlashuvi va organizmning suvsizlanishi bilan davom etadigan oʻtkir infeksion kasallik; oʻta xavfli ichak kasalliklaridan. Vabo dastlab (1816) Hindistonda — Gang daryosi vodiysida paydo boʻlgan; u yerda turmush sharoiti ogʻir boʻlganligi uchun aholining bir qismi boshqa davlatlarga keta boshlaydi. Natijada V. Yevropaga, keyinchalik butun dunyoga, chunonchi Birma … Читать далее

VIXUXOLLAR

VIXUXOLLAR (Desmana) — hasharotxoʻr sut emizuvchilar turkumining bir urugʻi. Vixuxollar oilasiga kiradi. Vixuxol (Desmana moschata) Volga, Don va Ural daryolarida tarqalgan. Tuzilishi suvda yashashga moslashgan. Boʻyi 20 — 22, dumi 18—20 sm cha, hasharotxoʻr sut emizuvchilarning eng kattasi. Tumshugʻi uchida uzun xartumchasi, orqa oyoq panjalari orasida suzgich pardasi bor. Dumi tangachalar bilan qoplangan, dumi ostida … Читать далее

BATOMETR

BATOMETR — suvning kimyoviy va fizikaviy xossalarini tekshirish, undagi organik hamda anorganik koʻshilmalarini aniqdash maqsadida tabiiy suv havzalaridan muayyan chuqurlikda namuna oladigan asbob. Tez toʻladigan va sekin toʻladigan xillari boʻladi. Tez toʻladigan dengiz B. ichi boʻsh metall silindr boʻlib, qopqoq va termometr bilan taʼminlanadi. Oddiy shisha idish sekin toʻladigan Batometr vazifasini oʻtaydi. Shisha idish maʼlum … Читать далее

VIRUSLI KASALLIKLAR

VIRUSLI KASALLIKLAR, virozlar — viruslar qoʻzgʻatadigan kasalliklar. Virusli kasalliklarga odam, hayvon va oʻsimliklarda uchraydigan juda koʻp yuqumli kasalliklar kiradi. Odamlarda viruslar qoʻzgʻatadigan gripp, qizamiq, suv chechak va chin chechak, virusli gepatit, poliomiyelit, ensefalit, quturish, gemorragik isitma kabi kasalliklar birmuncha mukammal oʻrganilgan. Kupincha teri kasalliklarini ham viruslar paydo qilishi aniqlangan. Hayvonlarning Virusli kasalliklar iga kirov (oqsim), … Читать далее

BAR

BAR (ing. bar — toʻsiq) — dengizning qirgʻoqqa yaqin qismida unga paralel choʻzilgan, qum yoki chigʻanoqlar toʻplamidan hosil boʻlgan kambar toʻsiq, quruqlik. Toʻlqin keltirmalaridan hosil boʻladi. Baʼzan yuzlab km. ga choʻziladi. Bar koʻpincha egik marza shaklida boʻlib, qavariq qismi dengiz yoki qirgʻoq tomonga qaragan boʻladi. Dengizning chekka qismini ajratib qoʻyib, qoʻltiq va koʻllar hosil qiladi. … Читать далее

VENERN

VENERN — Shvetsiya jan. dagi koʻl. Dengiz sathidan 44 m balandlikda. Mayd. 5,5 ming km2 (Yevropada Ladoga va Onega koʻllaridan keyin 3-oʻrinda). Uz. 140 km, eni 80 km ga yaqin, chuq. 100 m gacha. Koʻl oʻrni tektonik harakatlar natijasida vujudga kelgan. Qirgʻoqlari past, kuchli yemirilgan, orol koʻp. Koʻlga 30 dan ortiq daryo quyiladi va birgina … Читать далее