BRAHMAPUTRA

BRAHMAPUTRA, Bramaputra Jan. Osiyoda, Xitoy (Tibetdagi nomi Sangpo) , Hindiston va Bangladeshdagi daryo. Uz. 2900 km, havzasining mayd. 935 ming km2. Tibet togʻligining jan. sharqida, 4800 m ga yaqin balandlikda Ladakh tizmasidagi muzliklardan boshlanadi. Jan. Tibetdagi kenglik boʻylab choʻzilgan chuqur tektonik choʻkmadan oqib oʻtadi. Soʻngra jan. ga keskin burilib, Himolay va Hindixitoy togʻlari orasidagi ulkan eroziya darasidan oʻtgach, HindGang tekisligiga chiqadi. Bengaliya qoʻltigʻiga quyilish oldida Gang daryosi bilan qoʻshilib, katta (mayd. 80 ming km2) delta hosil kidali. Asosan qor va yomgʻirdan suv oladi. Yezda musson yomgʻirlari va Himolay togʻlaridagi erigan qor suvlari hisobiga toʻlib oqib, quyi oqimida suv sathi 10—12 m koʻtariladi. Qishda suvi ancha kamayadi. Oʻrtacha yillik suv sarfi 12 ming m3/sek. Yozda 15 ming m3/sek., qishda 4 ming m3/sek. Gidroenergetika resursi nihoyatda katta (60 mln. kVt). Brahmaputraning quyilish yeridan Dibrugarh sh. gacha (1290 km) kema qatnaydi. Sugʻorishda keng foydalaniladi. Brahmaputra sohilida Shigadze (Xitoy), Gauxati (Xindiston) va b. shaharlar joylashgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x